«Gazli» YEGO: qurilish ishlаri qizgʼin ketmoqdа
Buxoro viloyatida «Gazli» YEGO (erosti gaz ombori)da gaz saqlash hajmlarini gaz koni gorizontlari va neftli hududlar hoshiyasini dastlabki razvedka va ishlab chiqish yoʼli bilan yanada kengaytirish ishlari hal qiluvchi pallaga keldi. Ushbu loyiha kiritilgan obyektlarni loyihalashtirish, asbob-uskunalarni yetkazish va «kaliti bilan topshirish» sharti bilan qurib topshirish natijasida ombor sigʼimini sezilarli darajada kengaytirish imkoni tugʼiladi.
Loyiha buyurtmachisi «Gazli Gaz Storage» MCHJ QK boʼlib, Enter Engineering pudratchi sifatida imzolangan EPC-shartnoma boʼyicha kompleks ishlarni bajarmoqda, loyihalashtirish ishlari esa UzLITI Engineering zimmasida. Maqsad — «Gazli» konida gaz-neft rezervuarlaridan foydalanishda iqtisodiy-texnik samaradorlikni oshirish, texnologik ishonchlilikni taʼminlashdan iborat.
Аyni paytda rejada belgilangan qurilish, montaj va ishga tushirishga tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Xususan, yer qazish va tuproqni zichlab yotqizish ishlari — 97 % ga, beton quyish — 90 % ga, metal konstruktsiyalarni oʼrnatish — 95 % ga, gaz uzatishga moʼljallangan texnologik quvurlarni montaj qilish — 85 % ga tugallangan boʼlib, shuningdek elektr simlari hamda nazorat-oʼlchash tizimini oʼrnatish ishlari olib borilmoqda. Ishlar avj pallaga chiqqan davrda jalb etilgan ishchilar soni 1200 nafardan oshdi, texnika birligi soni esa 70 tani tashkil etadi.
Uzoq uddatli siklda tayyorlanadigan mahsulotlar uchun moʼljallangan asbob-uskunalar bosqichma-bosqich yetkazib kelinmoqda. Hozirgacha rejadagi 60 ta maxsus jihoz birligining 45 tasi keltirilib, montaj qilindi, yana 5 tasi yetkazib berish, 10 ta esa ishlab chiqarish bosqichida. Siemens kompaniyasi mutaxassislari bilan birgalikda GPА-100 va GPА- 200 rusumli gazni haydash uskunalarini ishga tushirishga tayyorlash ishlari boshlangan. 6-SKS hududini obodonlashtirilib, binolar sirtiga ishlov berilmoqda.
Loyihaning amalga oshirilishi aholiga gazni mavsumiy yetkazishdagi muammolarga barham berish, sanoat korxonalarining gazga boʼlgan ehtiyojini qondirish imkonini beradi. Bundan tashqari, qazib olingan xom ashyo hajmini Oʼzbekistonning ichki bozoriga yoʼnaltirish va vaniqsa bu jarayonni qish mavsumida yanada faollashtirish koʼzda tutilgan.