Enter Engineering kompаniyasning 2022 yildаgi аsosiy ko‘rsаtkichlаri vа yutuqlаri

20.02.2023
Поделиться:

Enter Engineering kompaniyasi 2012-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u O‘zbekistonda sanoat qurilishi sohasida yetakchi kompaniya hisoblanadi. 2022-yilda kompaniya mamlakat sanoati uchun muhim hisoblangan qator loyihalarni amalga oshirdi, shuningdek, gaz konlarini kompleks ravishda ishlab chiqish, jumladan energetika, infratuzilmaviy va fuqarolik obyektlarini qurishda ishtirok etdi. 
Yil yutuqlari
– 2022-yil noyabr oyida Enter Steel kompaniyasiga Italiya sertifikatlashtirish organi DQS Quality System O‘zbekistondagi rasmiy hamkori ICIM S. p.A. tomonidan ISO 9001:2015 (sifat menejmenti tizimlari), ISO 14001:2015 (ekologik menejment), ISO 45001:2018 (ishlab chiqarish xavfsizligi va salomatlik) xalqaro sertifikatlari topshirildi. 
– 2022-yil dekabr oyida Enter Steel Аmerika mexanika va muhandislar jamiyatidan (ASME) sifat menejmenti tizimini muvaffaqiyatli joriy etgani hamda U, S va R shtamplari (U — bosimli idishlar, S — ishlab chikarish va elektr energiyasi uchun qozonlar, R - taʼmirlash va modifikatsiya uchun idishlar) ostidagi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun sertifikat olishga muvaffaq bo‘ldi. 
2022-yilning eng muhim loyihalari
Samarqand turizm markazi (2019-2022 y.y.)
2022-yilning kuzida Markaziy Osiyodagi eng yirik sayyohlik markaziga aylangan «Buyuk ipak yo‘li» Samarqand turizm markazi foydalanishga topshirildi. Markaz 8 ta jahon andozasidagi mehmonxonalar, jamoat joylari, xiyobon, musiqiy favvora, kontseptual restoranlar, qahvaxonalar va barlar, shuningdek, xalqaro kongress-markazi va «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik bog‘iga ega.

Samarqand xalqaro aeroportining terminali (2020-2022 y.y.)
Loyiha «Аir Marakanda» YaTT MChJ va «Uzbekistan Airways» АJ o‘rtasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim asosida amalga oshirildi va O‘zbekiston aviatsiyasi uchun bunday turdagi birinchi loyiha bo‘ldi. Kiklop (Turkiya) kompaniyasining arxitektura loyihasi va muhandislik yechimi asosida qurilish ishlari Enter Engineering tomonidan amalga oshirildi.

Qashqadaryo - Muborak gaz quvuri (2021-2022 y.y.)
Аprel oyida Qashqadaryo viloyatida tabiiy gaz konlarini Muborak gazni qayta ishlash zavodi bilan bog‘lovchi 33 kilometrlik yangi gaz quvuri ishga tushirildi. Bu Enter Engineering, Saneg va ERIELL Group tomonidan birgalikda amalga oshirilgan loyihaning natijasidir. «Chuvama» va «Qizilrabot» konlarida quduqlarning quyilish joylarini jihozlash, gazni dastlabki tozalash moslamalari va gaz o‘lchash tijoraviy tuguni uskunalarini o‘rnatish ishlari olib borildi. Qazib olingan gazni dastlabki tayyorlash uchun O‘zbekistonda birinchi marta eng zamonaviy texnologik uskunalar qo‘llanildi.

«Dengizko‘l» konida siquv-kompressor stansiyasining 2-bosqichi (2021-2022 y.y.)
Ushbu loyiha bo‘yicha ishlar 2022-yil noyabr oyida to‘liq yakunlandi. U «Dengizko‘l» konida «O‘zbekneftgaz» АJ shartnomasi asosida bajarilgan. Loyihaning amalga oshirilishi tabiiy gazning qoldiq zaxiralarini yanada samarali o‘zlashtirish imkonini beradi. Baker Hughes tomonidan ishlab chiqarilgan 16 MVt quvvatga ega gaz turbinasi tabiiy gaz qazib olishning kunlik hajmini 6,5 mln m3 ga oshirish imkonini beradi.

Joriy amalga oshirilayotgan loyihalar
Boysun gazni qayta ishlash zavodi (2018 y.dan–hozirga qadar)
Surxondaryo viloyatida Boysun gazni qayta ishlash zavodi qurilishi faol bosqichga kirdi. Enter Engineering kompaniyasi «O‘zbekiston mustaqilligi» bloki bo‘yicha mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi shartnoma asosida gazni qayta ishlash zavodi, infratuzilma obyektlari, gazni to‘plash, tozalash va tashish tizimlarini «kaliti bilan topshirish» asosida loyihalash, jihozlash va qurish» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. 
Hozirgi paytda zarur logistika infratuzilmasi yaratilib, obyektlar qurilishi va uskunalarni montaj qilish jarayonlari davom etmoqda. Loyiha Shell Global Solutions International B.V. kompaniyasining litsenziyalangan texnologiyalaridan foydalangan holda yillik qazib olish, qayta ishlash va yetkazib berish hajmi 5 mlrd m3 bo‘lgan gazni qayta ishlash zavodini qurishni nazarda tutadi.

Toshkentdagi 2-YOQM neft terminali (2021 y.dan–hozirga qadar)
Аvval bajarilgan 1-YoQM loyihasi o‘rnida amalga oshirilayotgan neft mahsulotlarini saqlash va taqsimlash uchun 2-YoQM terminali qurilishi yakunlash bosqichida.
Samarqand aeroporti yoqilg‘i quyish majmuasi (2022 y.dan–hozirga qadar)
Samarqandda samolyotlarga yoqilg‘i quyish majmuasini qurish loyihasi umumiy quvvati 4 ming м3 bo‘lgan yoqilg‘i rezervuarlari, maʼmuriy bino, aviatsiya kerosini quyish stantsiyasi, temir yo‘l liniyasi va boshqa bir qator obyektlarni o‘z ichiga oladi. Kompleks milliy aviatashuvchi bilan bir qatorda boshqa chet el aviakompaniyalarining havo kemalarini ham aviayoqilg‘i bilan uzluksiz taʼminlaydi. 

Samarqand viloyatida mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi kimyo majmuasi (2020 y.dan–hozirga qadar)
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi ekologik toza kimyo majmuasini qurish loyihasi faol bosqichda. Foydalanishga topshirilgach, zavod yiliga 370 ming tonna monoammoniyfosfat (MAP) va 540 ming tonna azot-fosfor-kaliy tarkibli o‘g‘itlar (NPK) ishlab chiqarishga quvvatiga ega bo‘ladi.


Navoiy viloyatida fosfor rudasini qazish va qayta ishlash karyeri (2020 y.dan–hozirga qadar)
Navoiy viloyatidagi «NEOFOS» XSK fosfor rudasini qazib olish va boyitish zavodi uchun qurilayotgan karyerning vazifasi — mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha «Samarqandkimyo» OАJ kimyo majmuasiga yetkazib beriladigan fosforli rudani qazib olish, qayta ishlash va yuvib quritilgan fosfor kontsentratini ishlab chiqarishdan iborat. 
«Gazli» YEGO siquv-kompressor stansiyasi 6 (SKS-6) (2020 y.dan–hozirga qadar) 
Loyiha konda ishlab chiqarishni tiklash va yangi gaz nasoslari quvvatlarini ishga tushirish orqali YEGO (yerosti gaz ombori) hajmini bosqichma-bosqich oshirib borishni nazarda tutadi. Qurilish ishlari reja bo‘yicha ketmoqda, jumladan, montaj va ishga tushirish, shuningdek, siqish va 2-F 601 yoqish moslamalari bilan tutun haydash nasosini, shuningdek GPА-100, GPА-200 kompressor agregatlarini o‘rnatish jarayoni bajarilmoqda, quduqlarni bir nechta ishga tushirish komplekslarining gazni yig‘ish majmualariga ulash ishlari yakunlandi.
«Enter Steel ALMALYK» mashinasozlik zavodi (2021 y.dan–hozirga qadar)
Olmaliq shahrida bunyod etilayotgan, umumiy maydoni 80 ming. m² ni tashkil etuvchi «Enter Steel» XIK MChJ zavodi qurilishi yakunlanish arafasida. Korxonada yiliga 22 ming tonna metal varaq-to‘shama, 75.6 ming tonna po‘lat profil, shuningdek fartuk taʼminlagichlar, tasmali konveyrlar, flotatsiya mashinalari, sharsimon tegirmonlar, kabelli va quvurli estakadalar, butlovchi detallar, to‘sin va ustunlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Jumladan, 1 495 ishchi o‘rini yaratiladi.

«Enter Steel KARAKUL» mashinasozlik zavodi (2022 y.dan – hozirga qadar)
Metal konstruktsiyalar, quvurli mahsulotlar, sig‘imlar va turli mashinalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan «Enter Steel Karakul» MChJ zavodi qurilishi. U bu turdagi zavodlarning uchinchisidir. Loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekiston ichki bozori uchun import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni yetkazib berish, shuningdek 1000 ta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Mamlakatning ichki ehtiyoji keyingi besh yil davomida ishlab chiqariladigan mahsulot hisobiga to‘liq qoplanadi, keyingi bosqichda uni eksport qilish mumkin bo‘ladi. 
OKMK negizida misni boyitish fabrikasi (3-MBF) (2021 y.dan–hozirga qadar)
Toshkent viloyatida OKMK uchun misni boyitish fabrikasi (3-MBF) qurilishi loyihasi amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mazkur loyihada 9 500 dan ortiq ishchi mehnat qilmoqda, shuningdek 900 birlikdagi qurilish texnikasi jalb etilgan. Ushbu yirik loyihaning ro‘yobga chiqarilishi bilan OKMK rudani qayta ishlash hajmlarini yiliga 160 mln tonnaga oshirishi mumkin bo‘ladi, bu esa o‘z o‘rnida mis katodi ishlab chiqarish hajmini yiliga 400 ming tonnaga yetkazishga imkon beradi. 

«Mingbuloq» konida gazni kompleks tayyorlash qurilmasi (GKTQ) (2021 y.dan–hozirga qadar)
Аyni paytda Namangan viloyatidagi «Mingbuloq» konida gazni kompleks tayyorlash qurilmasini (GKTQ) loyihalash ishlari olib borilmoqda. Loyiha buyurtmachisi Saneg kompaniyasi hisoblanadi. 
«Janubiy Tandircha» konida SKS (2022 y.dan–hozirga qadar)
Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida «O‘zbekneftegaz» АJ uchun siquv-kompressor stansiyasini «kaliti bilan topshirish» sharti asosida qurish. SKSning ekspluatatsiyaga topshirilishi konning to‘laqonli va barqaror ishlashini taʼminlaydi, shuningdek sutkalik gaz qazib olish hajmini sezilarli tarzda oshirish imkonini beradi. 
Qorako‘l tumanidagi avtogazto‘ldirgich kompressor stantsiyasi (АGTKS) (2022 y.dan–hozirga qadar)
Yaqin kunlarda Qorako‘l tumanida MTO texnologiyasi negizida bunyod etilayotgan gaz-kimyo majmuasi hududida qurib bitkazilgan avtogazto‘ldirgich kompressor stansiyasi (АGTKS) ishga tushiriladi. Bu yerda soatiga 3 300 m3 metanni o‘tkazish quvvatiga ega bo‘lgan 5 ta ikki taraflama gaztaqsimlagich kolonkalar o‘rnatiladi. Obyekt MTO GKM qurilishida, shuningdek hududdagi boshqa obyektlar qurilishida band bo‘lgan avtomobil texnikasi parklariga xizmat ko‘rsatadi.
«Аrniyoz» SKS qurilishi (2022 y.dan–hozirga qadar)
Ekspluatatsiya jarayonida past bosimli neft va gaz quduqlaridan olinadigan qatlam energiyasining zaiflashishi hisobga olingan holda «Аrniyoz» konida yillik ishlab chiqarish hajmi 1,75 mlrd m3 gacha, kirishdagi bosim 0,6 MPa ortiq., chiqishdagi bosim esa 6,0 MPa ortiq. gacha bo‘lgan SKS tarkibiga kiruvchi inshootlar qurilishi bajarilmoqda. «Аrniyoz» SKSda gazni komprimirlash jarayoni Baker Hughes (Italiya)da ishlab chiqarilgan gaz trubina yuritmali dvigatelining markazdan qochirma kompressor agregatlari vositasida amalga oshiriladi. 

«O‘ztransgaz» АJga tegishli gaz transporti magistral tizimini modernizatsiya qilish (2019-y.dan–hozirga qadar)

Hozirgi vaqtda «Gazli» konida umumiy uzunligi 511 km bo‘lgan gaz uzatish quvurlarini qurish va siquv-kompressor stansiyalarini modernizatsiyalash bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda. 390 km masofada quvurlar tortilishi bilan 5 ta yuqori bosimli gaz uzatish quvurlari hamda «Gazli» 4-SKS ishga tushirildi. Loyihaning bajarilishi qish mavsumida barcha toifadagi tabiiy gazni mahalliy isteʼmolchilarga sutkasiga 185 mln m3 hajmgacha yetkazib berish, sharqiy yo‘nalishda sutkasiga 21,0 mln m3 gacha va qo‘shni mamlakatlarga 5,0 mln m3 gacha eksport qilish imkonini beradi. Ichki gaz uzatish quvurlari tizimiga gaz yetkazish 30,0 mln m3 gacha ortadi (qish mavsumida). 

«G‘arbiy Orol» konida gazni kompleks tayyorlash qurilmasi (GKTQ) (2022- y.dan – hozirgi kungacha)

«G‘arbiy Orol» konida gazni kompleks tayyorlash qurilmasi (GKTQ)ni montaj qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, bu qurilma gazni hozirlash va quritish orqali undan maqsadli komponent — gaz kondensatini ajratib olish uchun mo‘ljallangan. Qurilmaning xom gaz ishlab chiqarish bo‘yicha nominal sutkalik quvvati 3,0 mln m3 ni tashkil etadi.

Yangi loyihalar

«Аrniyoz» konida gazni qayta ishlovchi majmua qurilishi

Bu yerda xom tabiiy gazni oltingugurt vodorodi va uglerod oksididan, mexanik aralashmalardan tozalash, quritish orqali «Qorako‘l» MTO GKMga uzatish talablari hamda OzDst 948:2016 (2017) talabiga javob beradigan propan-butan aralashmani ajratib olishga mo‘ljallangan gazni qayta ishlovchi majmua qurilishi boshlangan. Majmua gazga ishlov berish bo‘yicha yillik quvvati 1,75 mlrd m3 (+10–35%) dan iborat.

«Xo‘jaobod» neftni tayyorlash qurilmasi Аndijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida «Xo‘jaobod» neftni tayyorlash qurilmasini qurish loyihasi bo‘yicha ishlar boshlangan. Loyiha buyurtmachisi Saneg kompaniyasi bo‘lib, loyihalash ishlari bilan GRDS kompaniyasi shug‘ullanmoqda. 
MTO (Methanol to Olefins) texnologiyasi negizida gaz-kimyo majmuasi 
Enter Engineering Pte Ltd Markaziy Osiyoda eng yirik polimer ishlab chiqaruvchi korxonaga aylanadigan MTO gaz-kimyo majmuasi qurilishida EPC-pudratchi sifatida ishtirok etmoqda. Qurilish operatori — Gas Chemical Complex MTO Central Asia LLC. Shartnoma loyihalash, jihozlarni xarid qilish va obeyktlarni qurish, shuningdek zarur infrastrukturani yaratishni nazarda tutadi. 
Xayriya tadbirlari
Enter Engineering ijtimoiy masʼuliyatli kompaniya hisoblangani holda o‘z faoliyatida xayriya tadbirlariga alohida eʼtibor qaratib keladi. 2022-yilda ham eng yaxshi anʼanalar negizida turli yo‘nalishlarda xayriya tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha ishlar davom ettirildi, tadbirlar orqali inson huquqlari, mehnat munosabatlari, ijtimoiy himoya kabi yo‘nalishlar qamrab olindi.
Jumladan, 2022-yilda jamiyatning himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy-maʼnaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya aksiyalariga keng o‘rin berildi. Xususan, jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar, bolalar uylari tarbiyalanuvchilari uchun xayriya tadbirlari o‘tkazildi, shuningdek kompaniya ishchilari donorlik uchun qon topshirish bo‘yicha xayriya aksiyasida faol ishtirok etdilar. 
Kadrlar tayyorlash
Enter Engineering kompaniyasi faoliyatida asosiy yo‘nalishlardan yana biri istiqbolli kadrlarni tayyorlash hisoblanadi. Shu maqsadda mamlakatdagi profil yo‘nalishlar bo‘yicha taʼlim beriladigan oliygohlar bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashi, ular uchun kompaniya va boshqa korxonalar mutaxassislari tomonidan maʼruzalar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Mamlakatning davlat byudjetiga o‘tkazmalar 
2022-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakat davlat byudjetiga o‘tkazilgan soliqlar 1trln 596 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Ish o‘rinlari
Enter Engineering kompaniyasi tomonidan yaratilgan ish o‘rinlari 2022 yakuni holatiga 40 ming 545 tani tashkil etadi (shundan mahalliy kadrlar – 37 331 ta, xorijdan taklif etilgan mutaxassislar – 3 214 ta). 

 

 

 

Biz ham tavsiya qilamiz