«Gazli» YEGO: yakuniy tayyorgarlik bosqichida

15.03.2023
Поделиться:

Buxoro viloyatida Enter Engineering kompaniyasi mutaxassislari tomonidan «Gazli» YEGO (erosti gaz ombori)da gaz saqlash hajmlarini gaz koni gorizontlari va neftli hududlar hoshiyasini dastlabki razvedka qilish hamda ishlab chiqish yoʼli bilan yanada kengaytirish boʼyicha kompleks ishlar tarkibida 6-siquv kompressor stantsiyasi (6-SKS)ni qurish ishlari amalga oshirilib, ayni kunlarda ushbu obyektni ishga tushirishga tayyorgarlik ishlarining yakuniy bosqichi bajarilmoqda. 

Loyiha buyurtmachisi «Gazli Gas Storage» MChJ QK boʼlib, loyihadan koʼzlangan maqsad — uglevodord xom ashyosini qazib olish va zaxira hajmlarini oshirish, isteʼmolchilarga xom ashyo yetkazib berishni barqarorlashtirish. Loyihalash ishlarini UzLITI Engineering bajargan.

Bugungi kunda bu yerda qurilish-montaj ishlari deyarli toʼliq yakunlangan, hududni obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlari ketmoqda. SKSda ishlaydigan asbob-uskunalarni oʼrnatish va ishga tushirishga tayyorlash ishlari ketmoqda, ushbu jarayon asosida 40 MVt quvvatga ega SIEMENS Energy (Germaniya)ning gazni haydovchi apparatini ishga turishga tayyorlash ishlari turibdi. Barcha ishlar ishlab chiqaruvchi zavodning malakali mutaxassislari ishtirokida olib borilmoqda. Shuningdek, maydon ichida yotqizilgan texnologik truboprovodlar sinab koʼrish, ularni zanglashga qarshi qoplama bilan qoplash ishlari yakunlanmoqda. Sust nuqtalarda ishlovchi tizimlarni boshqarish xizmati yongʼinga qarshi va qoʼriqlash liniyalari signalizatsiyalarini montaj qilmoqdalar. Internet tarmogʼi bilan sifatli ulanish uchun 5,2 km uzunlikda optik-tolali kabel simlari yotqizildi. Qurilish maydonida 2000 nafar malakali mutaxassis va ishchilar ishlamoqda, 285 ta texnika birligi jalb etilgan. 

Stantsiyani ishga tushirish joriy oyning oxirigacha amalga oshiriladi. 

Biz ham tavsiya qilamiz