Yangi yoqilg‘i terminаli ishgа tushirildi

10.04.2023
Поделиться:

Enter Engineering kompaniyasi yana bir muhim infratuzilma obyektini qurishni yakunladi. Poytaxtda neft mahsulotlarini saqlash va tarqatish bo‘yicha yangi terminal ish boshladi.

Аmalga oshirilgan ishlar natijasida Toshkent va Toshkent viloyati isteʼmolchilarini benzin va dizel yoqilg‘isi bilan tezkorlik bilan taʼminlash imkonini beradigan logistika majmuasi yaratildi. Xom ashyoning kunlik realizatsiyasi 1,5 ming tonnani tashkil qiladi.

Loyihaning buyurtmachisi «SANEG» IK MChJ, bosh pudratchi esa Enter Engineering kompaniyasi bo‘ldi. Loyihani amalga oshirish jarayonida 2021-yildan boshlab, 4,9 gektarda umumiy hajmi 12 ming м3 bo‘lgan turli benzin va dizel yoqilg‘isini saqlash uchun 6 ta rezervuar, pastki drenaj moslamasi bilan jihozlangan och rangli neft mahsulotlarini sisternalardan o‘tkazish uchun temir yo‘l va estakada, benzin tashuvchi mashinalarga yoqilg‘i quyish uchun nasos uskunalari, 30 kishiga mo‘ljallangan operator xonasi joylashgan ishlab chiqarish binosi va laboratoriya hamda boshqa texnologik va yordamchi uskunalar qurildi. Bundan tashqari, buyurtmachining qaroriga binoan, obyekt ishga tushirilgandan so‘ng, hududda qo‘shimcha ravishda tovar-moddiy boyliklarni saqlash uchun ochiq ombor quriladi.

Terminal hududida temir yo‘l sisternalari yordamida bir nechta markadagi avtobenzin va dizel yoqilg‘isini yetkazib berish, ularni yer osti saqlash rezervuarlariga quyish va yonilg‘i yuk mashinalariga o‘tkazish (jami 39 ta avtomobil jalb qilingan) tashkil etilgan. Shuningdek, uskunalarga texnologik xizmat ko‘rsatish va taʼmirlash uchun zarur shart-sharoitlar mavjud. Bularning barchasi bir soat ichida yoqilg‘i quyish shoxobchasiga xom ashyo jo‘natilishini taʼminlash imkonini beradi.

— Enter Engineering kompaniyasi mutaxassislari ko‘plab bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdilar, — deydi loyiha rahbari Farrux Ergashev. — Yangi yoqilg‘i quyish majmuasini ishga tushirilishi qo‘shimcha hajmdagi neft mahsulotlarini to‘plash va isteʼmolchilarga yetkazib berishni sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi. Bizning quruvchilarimizning ishi buyurtmachi bo‘lgan kompaniya tomonidan qayd etildi va minnatdorchilik xati olindi.

Biz ham tavsiya qilamiz