Kompleks yangi qiyofasiga ega bo‘lmoqda
Samarqand viloyatining Payariq tumanida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasini barpo etish bo‘yicha qurilish-montaj va pardozlash ishlari davom etmoqda.
Loyiha buyurtmachisi Samarqand viloyati hokimligi injiniring kompaniyasi, pudratchi esa Enter Engineering, loyiha «O‘zog‘irsanoatloyiha» AJ tomonidan bajarilgan. Loyihani amalga oshirish 2021 yilda boshlangan. Umumiy maydoni – 5,3 ga (shu jumladan mehmonxona majmuasi 43 ga) dan iborat. Qurilish ishlariga 400 dan ortiq mutaxassis, jumladan, hunarmandlar, 74 dona texnika jalb etilgan.
Hozirda loyiha doirasida tashqi fasad va devorlarni qismi marmar bilan qoplanib, intererni dekorativ pardozlash ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, muhandislik tizimlari – elektr, ventilyatsiya, suv-quvur, kanalizatsiya, sovutish va issiqlik ta‘minoti o‘rnatilgan. Gumbazlarning metall konstruksiyalarini o‘rnatish, yangi muzey qurish ishlari ham davom etmoqda.
Aytish joizki, loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekiston milliy madaniyati, tarixi va ma‘naviy merosini qo‘llab-quvvatlash va asrab-avaylashga xizmat qiladi. Qurilish tugallangach, ziyoratchilar va mehmonlar 47 metr gumbazli 10 ming oʻrinli masjid va har biri 74 metrli toʻrtta minora-ustunni oʻz ichiga olgan mahobatli me‘moriy majmuani hamda bitta 4 yulduzli, ikkita 3 yulduzli mehmonxona va 24 ta oilaviy mehmon uyi, shuningdek rekonstruksiya qilingan va kattalashtirilgan – 9x9 m dan 13x13 m gacha va balandligi 29 m. hajmga ega maqbarani ziyorat qilishlarimumkin. Tutash hudud obodonlashtiriladi – turli mavzulargabag‘ishlangan hiyobon tashkil etiladi, savdo nuqtalari o‘rnatiladi, avtoturargoh va boshqa infratuzilma ob‘ektlari jihozlanadi. Bundan tashqari, mavjud tarixiy elementlar va yashil maydonlar kelajak majmuaning tashqi ko‘rinishiga uyg‘un tarzda kiritiladi. Xususan, avaylab asrab qolingan ko‘p asrlik chinorlar ham o‘zgacha ko‘rk beradi.
Loyiha muhim ijtimoiy samaraga ega bo‘lishi kutilmoqda – yangi ish o‘rinlari yaratiladi, tuman infratuzilmasi yaxshilanadi, aholi uchun faoliyatning yangi istiqbolli yo‘nalishlari yuzaga keladi.