Yuqori ish sur’ati belgilandi

13.07.2023
Поделиться:

Surxondaryo viloyatida Enter Engineering mutaxassislari tomonidan Boysun gazni qayta ishlash zavodi (BGQIZ) qurilishining faol bosqichi davom ettirilmoqda.

Bosh pudratchisi Enter Engineering, buyurtmachisi — «Surhan Gas Chemical Operating Company» MChJ IK, loyihalash bilan esa UzLITI Engineering kompaniyasi shug‘ullanayotgan ushbu loyiha «Mustaqillikning 25-yilligi» gaz konidan olinadigan tarkibida yuqori darajada CO2 va H2S mavjud tabiiy gazni yiliga 5 mlrd m3 hajmda qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan GQIZ qurilishini o‘z ichiga olgan.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda ushbu loyiha Enter Engineering hisobidagi eng yirik loyihalardan biri bo‘lib, uni amalga oshirish uchun muhim inson va moddiy resurslar jalb qilingan, 3500 nafardan ortiq mutaxassislar va 440 ta maxsus texnika safarbar qilingan.

Hozirgi paytda qurilish maydonchasida inshootlar, estakadalar, rezervuarlar va sanoat uskunalari uchun fundament qo‘yish ishlari amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqarish binolarining ichki qismlarida qoralama ishlov berish ishlari olib borilmoqda. Asosiy texnologik uskunalar va yer osti quvurlari o‘rnatilmoqda.

Infratuzilma obyektlari faol jihozlanmoqda. Xususan, tovar gaz quvuri qurilishi yakuniy bosqichda. Bu yerda gaz oqimini o‘lchash moslamasini payvandlash-montaj ishlari tugatilgan bo‘lib, texnologik maydonchalarda elektr simlari va past kuchlanishli tizimlar o‘rnatilmoqda. Ishchi komissiya o‘tkazilishiga tayyorgarlik boshlangan. Shuningdek, suv ta’minotining asosiy manbasiga nasos stantsiyasi o‘rnatilib, nasoslarni quvur bilan bog‘lash amalga oshirilmoqda. So‘nggi pallada navbatchilikda turadigan xodimlar binolarida ishlov berish hamda ichki komunikatsiyalarni montaj qilish ishlari va biriktirilgan hududlarni obodonlashtirish olib borilmoqda.

Boysun gazni qayta ishlash zavodining foydalanishga topshirilishi O‘zbekistonning gazni qayta ishlash sanoatini mustahkamlashga katta hissa qo‘shadi!

 

Biz ham tavsiya qilamiz