«Xаrtum» GDTQ: Ishlаr аvjidа

26.07.2023
Поделиться:

Enter Engineering mutaxassislari hozirgi kunda mamlakatimizning deyarli barcha viloyatlarida qator yirik loyihalarni amalga oshirmoqdalar. Ularning orasida Аndijon viloyatidagi «Xartum» konida bunyod etilayotgan gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi (GDTQ) qurilishi ham bor.

Ushbu loyihani amalga oshirishda Bosh pudratchi Enter Engineering kompaniyasi boʼlib, buyurtmachi — XK «SANEG» MChJ hisoblanadi, loyihalash ishlari esa «GRDC» MChJ mutaxassislari tomonidan bajarilgan.

— Loyiha boʼyicha qurilish ishlari joriy yilning may oyi boshida boshlandi, obyektni topshirish esa yil oxiriga moʼljallangan, — deydi ishlab chiqarish-texnika boʼlishmi menejeri Shodlik Yesenboev. — Obyekt maydoni nisbatan katta emas, bor-yoʼgʼi 1 Ga, lekin uning Oʼzbekiston sanoati rivoji yoʼlida kasb ahamiyati juda salmoqli. Qurilish ishlarida ishonchlilik darajasi yuqori boʼlgan zamonaviy texnologiyalardan foydalanilmoqda, ishchi xodimlar xavfsizligini taʼminlash va texnik vositalarni asrab-avaylash choralari koʼrilgan. Har bir texnologik qarorlar buyurtmachi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.

Bugungi kunga kelib «Xartum koni va «Yangi Аndijon» GTSgacha oʼtgan kollektor gaz quvurining magistral liniyasi» GDTQ maydoni toʼliq shakllantirib boʼlindi, texnologik asbob-uskunalar ham mashʼala xoʼjaligining maʼlum qismi oʼrnatildi. Maydonda BQQ oʼrnatilib, montaj qishlari yakunlandi. Qurilish maydonida 25 ta yuqori malakati ishchilar, mutaxassis xodimlar, shuningdek 8 ta texnika birligi (avtokran, yuk ortuvchi, suv tashuvchi mashinalar) ishlamoqda. Xodimlarning unumli mehnat qilishi uchun barcha maishiy shart-sharoitlar yaratilgan, ish vaxta tartibida tashkil etilgan.

«Xartum» konidagi 85-son skvajina chuqurligi 2450 metrni, qurilma ishga tushgach hamda unga qoʼshimcha ravishda 81-son skvajina ulangach esa qazib olinadigan gaz va gaz kondensati hajmi sutkasiga tegishlincha 30 m3 va 21 tonnani tashkil etadi.

Enter Engineering tomonidan mazkur loyihaning muvaffaqiyatli yakunlanishi viloyatning sanoat quvvatini sezilarli tarzda oshiribgina qolmay, mahalliy kadrlar uchun yangi ish oʼrinlari ochilishiga ham xizmat qiladi.

Biz ham tavsiya qilamiz