3-MFB da beton quyish bo'yicha rekord o'rnatildi

05.10.2023
Поделиться:

Olmaliq shahridagi OKMK negizidagi 3-MBF misni boyitish fabrikasi qurilishi ayni paytda qizg‘in pallada. Yaqin kelajakda sanoat gigantiga aylanishi kutilayotgan korxona shu kunlarda o‘zining haqiqiy shaklini namoyon qilmoqda.

Yaqinda qurilish maydonchasida yana bir eʼtiborga molik voqea ro‘y berdi — mayda bo‘laklarga bo‘lish va saralash korpusi obyektida poydevor va rigelni quyish bo‘yicha keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi. Uning alohida jihati shundaki, ushbu operatsiya mamlakatimizda amalga oshirilgan hajmi bo‘yicha eng yirik operatsiya bo‘ldi. Uning davomida 14 ming kub metr beton ishlatildi!

Operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun bir qator tayyorgarlik ishlari olib borildi – hisob-kitoblar amalga oshirildi, texnologik xarita rejalashtirildi, odam va texnikalar safarbar qilindi. Xususan, poydevor va tirgaklarning qoliplari va katta hajmdagi mustahkamlash ramkalarini o‘rnatish (to‘qish) amalga oshirildi. Shuningdek, inert materiallar ham yetkazib berildi – sement, qum, shag‘al va plastifikator. Bevosita quyish ishlari uchun 1 600 nafardan ortiq mutaxassis, 80 dan ortiq maxsus va yordamchi texnika safarbar etildi.

24 soat davomida mikserlar karvoni tinimsiz beton aralashmasini uchastkaga olib keldi, u yerda nasoslar yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyish uchun tayyorlangan joylarga to‘kilib, chuqur vibratorlar bilan zichlandi. Jarayonda ishtirok etgan barcha bo‘linmalarning harakatlari avvaldan rejalashtirilib, har bir qadam kelishilgan edi. Jarayon to‘xtamasdan davom etishi va aralashmaning o‘z xususiyatlarini yo‘qotmasligi muhim masala edi. Texnologik talablarga ko‘ra, betonni maʼlum vaqt ichida quyish kerak edi. Bu esa qurilish guruhining barcha aʼzolaridan katta kuch talab qildi, biroq natijada butun jarayon talab darajasida va muammosiz kechdi va operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi.

Biz 3-MBF quruvchilarining ahil jamoasini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va ularga kelgusi ishlarida omad tilaymiz!

 

Biz ham tavsiya qilamiz