Basketbolchilar safida eng kuchlilar aniqlandi
Bunday turnirlarning o'tkazilishi korxona xodimlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini, jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarining afzalliklarini targ'ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, insonlarni birlashtirib, jamoada sog'lom raqobat muhitini yaratadi.Enter Engineering kompaniyalar guruhi xodimlari basketbolning 3x3 o'yin turini juda yaxshi ko'rishadi. Bu bejiz emas, chunki ushbu sport turida katta maydonlar, qimmatbaho jihozlar va inventarlar talab qilinmaydi, shunchaki savat, to'p va mohir o'yinchilar bo'lsa bas. Shu sababli, vaxta shaharchalarida ham ishchilar bo'sh vaqtlarida ushbu o'yinni maroq ila o'ynashadi.
Kompaniyalar guruhining vakili sifatida ishtirok etayotgan jamoalar o'rtasida 3x3 basketbol turi bo'yicha musobaqalarni tashkil etish yaxshi an'anaga aylangan. 14 jamoa ishtirok etgan yana bir mana shunday musobaqa, Toshkent davlat yuridik universitetining sport zalida bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar orasida xorijlik mutaxassislardan tashkil topgan jamoalar ham mavjudligi mazkur tadbirga xalqaro maqom berdi. Bu musobaqalarning asosiy tashkilotchisi Enter Engineering kompaniyalar guruhining kasaba uyushmasi qo'mitasi bo'ldi.
Saralash bosqichi o'yinlari keskin kurashlar ostida o'tdi. Ishtirokchilar katta sportga bo'lgan ishtiyoq, texnik mahorat va g'alaba qozonishga bo'lgan shijoatni namoyon etishdi. Eng kuchlilar g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi – final bosqichda "GTL Thunder Hosts" jamoasi 1-o'rinni olgan bo'lsa, "kumush" medalga "shiddatlilar" jamoasi sazovor bo'ldi. "Energetiklar" jamoasi uchinchi o'rinni egalladi, jamoa o'yinchisi Roman Basidov esa turnirning "eng yaxshi mergani" deya tan olindi. Kasaba uyushma qo'mitasi raisi Bobir Kenjaev va sport faxriysi Eduard Boroxovlar tomonidan g'olib va sovrindorlar medallar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Bunday turnirlarning o'tkazilishi korxona xodimlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini, jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarining afzalliklarini targ'ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, insonlarni birlashtirib, jamoada sog'lom raqobat muhitini yaratadi.