Аnʼanaviy marafon boʼlib oʼtdi
12-mart kuni Toshkentda «V International Tashkent Marathon» marafoni, shuningdek, «Yangi nafas» va «Men – gʼolib!» ommaviy yugurish musobaqasi tashkil etildi. Ushbu sport tadbiri har yili Navroʼz bayrami arafasida tashkil etiladi, bu yil esa marafon «Silga qarshi birgalikda» shiori ostida oʼtkazildi. Yomgʼirli ob-havoga qaramay, musobaqada koʼplab yuguruvchilar qatnashdilar.
Marafon ishtirokchilari safida, anʼanaga koʼra, Enter Engineering Kompaniyalari guruhlari mutaxassislari bor edi. Shuni taʼkidlash joizki, kompaniyada jismoniy madaniyat va sportni, sogʼlom turmush tarzini targʼib qilishga alohida eʼtibor qaratiladi. Musobaqa ishtirokchilarining oʼzlari bilan oila aʼzolari, farzandlarini olib kelishgani musobaqalarni yanada jonlantirib, qiziqarlilik darajasini oshirdi. Musobaqada natija emas, balki ishtirok muhim boʼlsa-da, qator xodimlarimiz belgilangan masofalarda oʼzlarining shaxsiy koʼrsatkichlarini yangilab oldilar.
— Bu yil hisobidan bunday yugurish musobaqasida uchinchi marotaba ishtirok etishim, – dedi marafon ishtirokchisi, Enter Engineering mutaxassisi Ilyos Temirxonov. – Аynan mazkur marafon tajriba va yondoshuv yuzasidan, qolaversa, murakkab ob-havo sharoiti bilan menda qiziqish uygʼotdi. Yogʼayotgan yomgʼir va shamolga qaramay, 21 kilometr masofani ikki soatda yugurib oʼtishga erishdim. Bu kabi musobaqalar oʼz kuchini sinab koʼrish uchun ajoyib imkoniyatdir. Shu bilan birga, ishtirokchilar safida ota-onalar va bolalar borligi, ikki avlodning umumiy sevimli mashgʼulotlari mavjudligidan darak beradi va bu tahsinga sazovordir.
Kompaniya xodimi Denis Mambetovning yetti yoshli qizi Liliananing 1 km masofaga poygada (9 yosh va undan kichik qizlar toifasi) gʼalaba quchgani marafonning eng quvonchli voqealaridan boʼldi. U belgilangan masofani dadil bosib oʼtib, shohsupaning eng yuqori pogʼonasiga koʼtarilishga muvaffaq boʼldi.
Аlbatta, kompaniyaning sport anʼanalari bardavom boʼladi, demak, sportchilarimizning chiqishlarini turli musobaqa va chempionatlarda koʼrish imkoniga ega boʼlamiz.