Loyiha yakunlanish bosqichida
Enter Engineering mutaxassislari Qashqadaryo viloyatidagi «Janubiy Tandircha» konida siquv-kompressor stantsiyasini (SKS) qurish bo‘yicha asosiy ishlarni yakunlamoqda.
Qurilish ishlari Enter Engineering kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda, buyurtmachi «O‘zbekneftegaz» AJ, loyihalash ishlarini UzLITI Engineering kompaniyasi mutaxassislari bajargan. Ayni paytda ob’ektda 200 nafardan ortiq kishi mehnat qilmoqda, shuningdek, 50 ga yaqin texnika vositalari jalb qilingan.
— Ayni paytda umumiy qurilish ishlari deyarli yakunlandi, — deydi ishlab chiqarish bo‘yicha direktsiya boshlig‘i o‘rinbosari Vladislav Uchevadov. — Hozir stantsiya hududini obodonlashtirish bilan shug‘ullanmoqdamiz: yo‘llarni shag‘al bilan to‘ldiryapmiz, barcha bino va inshootlarni pardozlash ishlarini olib boryapmiz. Bundan tashqari, o‘rnatilgan asosiy texnologik asbob-uskunalarni ishga tushirish ishlari olib borilmoqda, texnik quvurlar va kabel konstruktsiyalari yotqizishildi.
Ta’kidlash joizki, quruvchilar barcha belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli uddaladi. Ularning amalga oshirilishiga yaratilgan qulay yashash sharoitlari ham asqatdi. Bunga misol tariqasida navbatchilik (vaxta) shaharchasidagi oshxona oshpazlari ishini keltirish mumkin. Har kuni mazali issiq ovqat tayyorlashdan tashqari ular ishchilar uchun issiq non pishiradilar.
Mazkur loyihaning amalga oshirilishi konning barqaror ishlashini ta’minlash inkonini beradi va sutkalik tabiiy gaz qazib olishni sezilarli darajada oshiradi.