HR-DIREKTORLARI SAMMITIDAGI MUKOFOT

20.10.2023
Поделиться:

Moskvada Rossiya va MDH HR-Direktorlarining nufuzli Sammiti boʼlib oʼtdi. Shakllanib ulgurgan koʼp yillik anʼanaga koʼra, ushbu forum yetakchi kompaniyalarning xodimlarni boshqarish boʼyicha eng ilgʼor rahbarlari uchun muloqot maydoniga aylangan. Quvonchlisi shundaki, navbatdagi forumda Enter Engineering vakili sifatida kompaniya Bosh direktori oʼrinbosari — maʼmuriy ishlar boʼyicha direktor Temur Аbdullaev ham ishtirok etdi.

Ushbu nufuzli sammitga taklif tasodifan emas albatta, Enter Engineering keyingi bir necha yil davomida mehnat bozorida maqsadga qaratilgan strategiyani olib borgan holda maqbul mehnat shart-sharoitlarini yaratish, xodimlarni kerakli mutaxassisliklar boʼyicha oʼqitish va qayta oʼqitish, maʼmuriy ishlar va MTI boʼyicha xodimlarning boshqaruv malakalarini rivojlantirish, shuningdek istiqbolli kadrlarni tayyorlash yuorasida salmoqli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Sammit doirasida konferentsiya dasturi, HR-echimlar va xizmatlar koʼrgazmasi hamda kasbiy muvaffaqiyatlarni taqdirlash uchun taʼsis etilgan «Billur piramida» mukofotini sovrindorlarga topshirish marosimi oʼtkaziladi. Joriy yilda kompaniyamiz vakili Temur Аbdullaev ham mukofotlanganlar safidan joy olib, «MDH orasida eng yaxshi HR-rahbari— 2023» nominatsiyasi gʼolibi boʼldi.

— Bugungi kunda HR-mutaxassislar faoliyati nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda, chunki aynan shu soha kishilarining sifatli ish yuritishi orqali butun kompaniya faoliyatining samaradorlik koʼrsatkichlari yaxshilanishi mumkin, shu sababli kadrlarni boshqarishga sohasiga aloqador xodimlar doimiy hushyorlik talab etiladi, — deya taʼkidlaydi Timur Аbdullaev. — Faoliyatimizning hozirgi bosqichida oldimizda turgan asosiy vazifa — bu ishga talabgorlarda kerakli malaka va tajribaning yetishmasligi. Shu sababdan, kelajak uchun mutaxassislarni bolalikdanoq kasbga yoʼnaltirgan holda tayyorlash vazifasi dolzarbdir. Аgar bungacha mutaxassislarni oliygohlardagi taʼlim bosqichidan boshlab tayyorlagan boʼlsak, endilikda bu ishni maktab davridanoq boshlashga toʼgʼri keladi. Bu ishni maktablar va sinflar miqyosida koʼmak koʼrsatish nazarda tutilgan maxsus dastur yordamida amalga oshirish mumkin. Shu tariqa biz yoshlar qalbida kasbga qiziqish urugʼlarini eka olamiz.

Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, ushbu erishilgan mukofot Enter Engineering kompaniyasida xodimlar bilan ishlash borasida tanlangan yoʼl toʼgʼriligini va kelgusida bu boradagi chora-tadbirlar majmuasi yanada chuqurlashib, takomillashib borishini anglatadi!

Biz ham tavsiya qilamiz