Duatlon musobaqalari boʼlib oʼtdi
Enter Engineering xodimlari turli sport musobaqalarida faol qatnashishda davom etmoqdalar.
Sportning siklli turlari ishqibozlari uchun navbatdagi start musobaqasi Oʼsmirlar, qizlar va havaskorlar oʼrtasida duatlon boʼyicha Oʼzbekiston chempionati boʼldi. Bellashuvlar 1-aprel kuni poytaxtdagi «Yangi Uzbekiston» bogʼi va unga tutash koʼchalarda tashkil etildi.
5 va 3 kilometrlik yugurish yoʼlaklari, 20 kilometrlik velopoyga tartibida boʼlib oʼtgan bellashuvlarda oʼnlab havaskor sportchilar startga chiqdilar, va albatta, ularning safida Enter Engineering xodimlari — Denis Mambetov, Mixail Zarubin, Oleg Parsegov va Ilyos Timerxanovlar ham bor edilar.
— Ushbu chempionatda zavq bilan qatnashdik, aprel oyining ajoyib ob-havosi esa bunga oʼz hissasini qoʼshdi, — dedi musobaqa ishtirokchisi Ilyos Timerxanov. — Bu safar qatnashchilarimiz sovrinli oʼrinlarni qoʼlga kirita olmadilar, bunga turli sabablar, jumladan, texnik nosozliklar toʼsiq boʼldi. Masalan, velopoyga bosqichida velosipedimning orqa gʼildiragi teshildi. Shunga qaramay, biz shz ishtirokimizdan xursandmiz, yaxshi kayfiyat va quvvat oldik. Endi biz keyingi startlarga, jumladan, triatlon boʼyicha Osiyo Kubogiga tayyorgarlik koʼramiz.
Boʼlib oʼtgan chempionat kompaniyamizning ajoyib sport anʼanalariga sodiqligini, bizning xodimlar sport bilan shugʼullanishni istovchilar uchun ibrat boʼla olishini yana bir bor tasdiqladi.