Enter Engineering: CITY RUN g‘oliblari

08.05.2023
Поделиться:

Enter Engineering xodimlari mamlakatimiz sport hayotida ishtirok etishda davom etmoqda. «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida o‘tkazilgan Xalqaro shahar marafoni bunga yana bir misol bo‘ldi. 1500 ga yaqin yuguruvchilar ishtirok etgan tadbir «BeFit Fitness and Wellness» MChJ tomonidan tashkil etilib, sport va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga qaratilgan.

Musobaqa dasturiga turli masofalarda bir nechta formatdagi yugurish kiritilgan. Individual yugurishda 5 kilometrni 27 daqiqada bosib o‘tgan kompaniya mutaxassislari Veronika Shetinina va 10 kilometrni 50 daqiqada bosib o‘tgan Ilyos Timerxanov ishtirok etishdi. 28 ta kompaniya jamoasi ishtirok etgan «Korporatsiyalar jangi» musobaqasi 5 kilometrlik masofada bo‘lib o‘tdi. Jamoalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zaruriy shart — ularning tarkibida xotin-qizlarning qatnashishi edi. Oleg Parsegov, Аnton Tkachenko va Irina Litvinovalarni o‘z ichiga olgan Enter Engineering jamoasi ajoyib natijalarni ko‘rsatishdi. Xodimlar aʼlo darajali jismoniy holatni va g‘alaba qozonish istagini namoyish etib, yakunida umumiy birinchi o‘rinni egallashdi!

— Enter Engineering sharafini himoya qilganimdan xursand bo‘ldim, — deydi g‘oliblardan biri Аnton Tkachenko. — Ob-havo yugurish uchun uncha qulay bo‘lmadi, qarama-qarshi shamol esdi. «Drafting» taktikasini tanladik, bu usul oldinda yuguruvchi jamoaning qolgan aʼzolarini himoya qiladi va ularga bo‘lgan bosimni kamaytiradi. Аsosan yaxshi tayorgarlik va to‘g‘ri tanlangan strategiya tufayli biz birinchi bo‘lib finishga keldik. Men barcha ishtirokchilarga va kompaniyaga ushbu tanlovda ishtirok etish imkoniyati uchun minnatdorchilik bildiraman. Qo‘llab-quvvatlab, bizga madad berib va ishonganlari uchun katta rahmat!

Tanlovning yana bir ishtirokchisi Ilyos Temirxonovning taʼkidlashicha, Enter Engineering Kompaniyalari guruhining PR-departamenti qatnashuvchilarga katta yordam ko‘rsatdi.

Sportchilarimizni munosib mukofot bilan tabriklaymiz va yangi g‘alabalarni kutib qolamiz!

Biz ham tavsiya qilamiz