BUKHARA NIGHT RACE xayriya marafoni

30.08.2023
Поделиться:

Buxoro shahrida BUKHARA NIGHT RACE xayriya marafoni boʼlib oʼtdi. Marafonchilarning tungi yugurishi quyosh botgach boshlandi va uning marshruti qadimiy eski shaharning tarixiy meʼmorchilik inshootlari — Minorai Kalon, moviy gumbazli madrasa va masjidlar boʼylab oʼtdi. Start qadimiy Аrk darbozasidan boshlandi. Buxoro oqshomiga xos yengil tungi shabada va yoʼl trassasining yorqin chiroqlari tadbirga oʼzgacha kayfiyat baxsh etdi.

Marafonchilar 5 va 10 km.lik distantsiyalar, skandinaviyacha yurish boʼyicha bellashdilar. 4 yoshdan katta bolalar uchun alohida marafon yoʼli belgilandi. Taʼkidlash joizki, shu kuni butun dunyodan tashrif buyurgan sportchilar xayrli maqsad yoʼlida birlashdilar. Haqiqiy sport festivaliga aylangan ushbu tadbir marafon ishtirokchilari va tomoshabinlarida unutilmas taassurot qoldirdi.

– Men doimiy ravishda marafonlarda qatnashib kelaman, – deydi Mashinasozlik departamenti xodimi, ayni paytda «Olmaliq TKMK negizida 3-MBF qurilishi» loyihasida rejalashtirish boʼyicha muhandis Zaur Meldeev. – Kompaniyamizdan oʼnlab ishtirokchilar, masalan, bizning loyihamizdan beshta ishtirokchi ushbu marafonda qatnashdi. Biz kompaniyamiz bayrogʼini sharaf bilan yugurish liniyasi boʼylab olib oʼtdik. Tadbirdan juda koʼngilli taassurotlar oldik. Har bir yangi marafon kishiga yangi his-tuygʼular beradi, yangi tanishlar orttirasan. Barchasi juda ajoyib oʼtdi!

BUKHARA NIGHT RACE marafoni — bu nafaqat start oldidan butun vujudni egallaydigan hayajon, balki ulkan sport bayramiga daxldorlikdan paydo boʼladigan iftixor tuygʼusi hamdir. Bu minglab yuguruvchilar, distantsiyalar boʼylab sportchilarni qoʼllab-quvvatlab turgan ishqibozlar, quvnoq musiqa sadosi, madaniy dastur namoyishi va ajoyib muhit, cheksiz baxtdan sarmastlik.

Ushbu marafon start chizigʼiga chiqishga jasorat qilgan irodasi kuchli kishilarni birlashtirgan ajoyib tadbirga aylandi. Chunki, uning ishtirokchisi boʼlib uchun, yuqori sport koʼrsatkichiga ega boʼlish yoki tez yugurish shart emas. Demak, bayramona kayfiyat, sport zavq-shavqi va musobaqa ruhiyatini hamma bir ishtirokchi his qildi.

Biz ham tavsiya qilamiz