Samarkand Marathon

07.11.2023
Поделиться:

4–5-noyabr kunlari Samarqand shahrida har yilgi «Samarqand Marathon» xalqaro xayriya marafoni bo‘lib o‘tdi.

Marafon tashkilotchilari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, shuningdek, Samarqand viloyati hokimligi edi. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish bo‘lgani bois bu yilgi yugurish musobaqasining asosiy mavzusi bolalarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish bo‘ldi. Barcha yigʻilgan mablagʻlar bolalar sport maydonchalarini qurilishiga yoʻnaltiriladi.

Navbatdagi «Samarqand Marathon» butun dunyodan uch mingdan ortiq ishtirokchini kutib oldi, trassa esa Butunjahon yengil atletika assotsiatsiyasi (World Athletics) va Xalqaro marafonlar assotsiatsiyasi (AIMS) tomonidan sertifikatlangandi. Start va marra Registon maydonida, distantsiya esa Samarqandning tarixiy diqqatga sazovor joylari tabiiy manzaraga aylangan shaharning eng soʻlim koʻchalari boʻylab boʻldi. Ishtirokchilar 42,2 km (marafon), 21,1 km (yarim marafon), shuningdek, 10 km, 5 km (imkoniyati cheklangan insonlar uchun yangi masofa) va 2 km masofalarda yugurishdi. Bundan tashqari, bolalar «KIDS RUN» masofasida yugurish boʻyicha kuch sinashishdi.

Marafonda koʻp sonli korporativ jamoalarning ishtiroki oʻziga xos atmosferani yaratdi, ular orasida Enter Engineering kompaniyalar guruhlari jamoasi munosib oʻrin egalladi. Kompaniyamiz vakillari bir necha distantsiyalardagi poygalarda ishtirok etishdi.

— Hamkasblarim Leonid Borovskix va Rustam Agadov bilan birga marafonda yugurdim, — deydi Mashinasozlik direksiyasining rejalashtirish va hisobot boʻyicha muhandisi Zaur Meldeyev. — Biz doimo bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab, bir jamoa bo‘lib harakat qildik, bu, shubhasiz, qiyin rel’yef va og‘ir jismoniy yuklarga qaramay, marraga muvaffaqiyatli yetib kelishimizga yordam berdi. Shuni ta’kidlashni istardimki, Enter Engineering kompaniyasining barcha xodimlari trassada uchrashganlarida bir-birlarini iliq olqishlab, bir-birlariga dalda berishdi.

Tashkilotchilar marafonchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlashdi — trassa bo‘ylab mevalar, ichimliklar va izotoniklar (yugurish paytida organizmni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradigan vitamin komplekslari) bilan bezatilgan stollar joylashtirilgandi. Belgilangan vaqtda marraga yetib kelgan ishtirokchilarga marafonnig esdalik medallari berildi.

«Samarqand Marathon» tashkilotchilarining sa’y-harakatlari bilan sport tadbiri dasturi qiziqarli madaniy tadbirlarga boy bo‘ldi. Tabiiyki, noz-ne’matlar ham bo‘ldi, barcha istaganlar fut-kortlarga tashrif buyurishi va mashhur Samarqand palovidan tatib ko‘rishi mumkin edi.

Enter Engineering kompaniyasi xodimlari turli sport turlari bo‘yicha musobaqalarining doimiy ishtirokchisi ekanligini alohida ta’kidlash joiz. Bu kompaniyada sog‘lom turmush tarzi va jismoniy tarbiyani keng targ‘ib qilishga katta e’tibor qaratilayotganidan dalolatdir!

Biz ham tavsiya qilamiz