Elektr podstasiyada ishlar yakunlanmoqda
Toshkent viloyatida Enter Engineering kompaniyasi tomonidan qurilayotgan misni boyitish fabrikasi (3-MBF) samarali ishlashining garovi elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlanishdir.
Ushbu masalani hal qilish uchun bo‘lg‘usi fabrikaning turli hududlarida elektr energiyasini qabul qilish, boshqacha tokka aylantirish va ob’ektlar bo‘ylab taqsimlashga mo‘ljallangan elektr qurilmalari barpo etilmoqda. Ulardan biri maydalash va qayta ishga tushirish uskunasi (MQIT) majmuasida joylashgan 35/10/16000 TsPT Ruda podstansiyasidir.
— Podstansiya ishga tushirilgach, uchta MQIT va konveyer liniyasini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi, — deydi TsPT Ruda ning energetika bo‘yicha menejeri Jamolitdin Boltayev. — Qurilish jarayonida yuqori voltli liniya o‘tkazildi, 35 (ikkita liniya — asosiy va zaxira) va 10 kV kuchlanishli 2 ta yopiq taqsimlash qurilmalari hamda 16 000 kVA quvvatga ega 2 ta transformator qurildi. Shuningdek, kabel kanallari va ikkita chaqmoqni qaytaruvchi yoritish machtalari o‘rnatildi, navbatchilik uchun ish joylari, shaxsiy himoya vositalari va yong‘inga qarshi vositalar bilan jihozlangan stendlar tayyorlandi. Hozirda barcha o‘rnatilgan uskunalar ishga tushirishni sozlash bosqichida.
MQIT majmuasi bo‘lg‘usi fabrikaning asosiy ob’ektlaridan biridir. Aynan shu yerda «Yoshlik» konidan olingan rudalar yetkazib beriladi, ular dastlab maydalangandan so‘ng keyingi qayta ishlash uchun konveyer lentasi bo‘ylab tashiladi.
— Podstansiyada barcha talablarga javob beradigan zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan. Ob’ektning uzluksiz ishlashi eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan xodimlar orasidan navbatchi elektriklar brigadalari tomonidan smenalarda nazorat qilinadi, — dedi Jamoliddin Boltayev.
Aytish joizki, Jamolitdin aka ham energetica sohasining eng tajribali mutahassislardan biri bo‘lib, fabrika qurilishining ilk kundanoq shu yerda mehnat qilmoqda. U 2014-yildan beri Enter Engineering’da ishlaydi va kompaniyaning ko‘plab yirik loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlamoqchimizki, 3-MBF qurilishi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga rudani qayta ishlash hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi, bu esa katod mis ishlab chiqarishni yanada oshirilishiga xizmat qiladi.