Ilmiy-texnik anjuman bo‘lib o‘tdi

18.12.2023
Поделиться:

Buxoroda «Neft va gaz kimyosi hamda texnologiyasi sohasidagi muammolar, innovatsion takliflar va yechimlar» mavzuida xalqaro ilmiy-texnik anjuman bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Belarus, Rossiya va boshqa mamlakatlardan ilmiy xodimlar, soha mutaxassislari, shuningdek, sohaga oid oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Anjumanda yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirishga yo‘naltirilgan neft-kimyo, gaz va neft-gazni qayta ishlash sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarning bugungi holati va istiqboldagi dolzarb muammolari muhokama qilindi.

Ma’ruzachilar, jumladan, ular orasida bo‘lgan Enter Engineering kompaniyasi vakili ham energetika va yangi energiya manbalari, kimyo va kimyoviy texnologiyalar, geologiya, neft va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ulardan foydalanish, neft va gazni chuqur qayta ishlash kabi sohalardagi dolzarb mavzularga to‘xtaldilar.

— Anjumanda kompaniyamizning istiqbolli yosh kadrlarni samarali tayyorlashni tashkil qilishga yo‘naltirilgan faoliyati to‘g‘risida ma’ruza qildim, — deydi Enter Engineering’ning Qurilish direksiyasi bosh muhandisi Ashur Yunusovich Aliyev. — Ayni paytda biz loyihalash, elektrotexnika va NO‘A, payvandlash, montaj qilish, ishga tushirish ishlari va boshqa qator sohalarda yuqori malakali mutaxassislarga jiddiy ehtiyoj sezmoqdamiz. Shu maqsadlarda mamlakatimiz va xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro hamkorlik strategiyasi ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. Biz institutlarga texnik vazifalarni taqdim etamiz, kompaniya vakillari muntazam ravishda professor-o‘qituvchilar bilan uchrashadilar. Bir so‘z bilan aytganda, o‘quv dasturlarida bizning spetsifikamiz hisobga olinishi va talabalar uni o‘zlashtirishlari uchun zarur bo‘lgan kasbiy kompetensiyalarni egallashlari uchun birgalikda ishlayapmiz. Asosiy maqsad — kompaniyaga yetarli darajada nazariy tayyorgarlikka ega va birinchi kundanoq ish jarayoniga qo‘shilib keta oladigan yoshlarning kelishi hamda Enter Engineering’ning yuqori standartlarini qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish.

 

Biz ham tavsiya qilamiz