Yongʻin xavfsizligi oyligi yakunlari

28.12.2023
Поделиться:

Ma’lumki, qishda isitish moslamalaridan foydalanishning ortishi tufayli yong‘in xavfi ortadi. Shu bois, har yili qish mavsumi boshida Enter Engineering kompaniyalar guruhining barcha loyihalarida yong‘in xavfsizligiga qarshi tadbirlar o‘tkaziladi.

Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasining topshirig‘iga asosan kompaniyada «Yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish to‘g‘risida»gi buyrug‘i chiqarildi. Uni amalga oshirish doirasida tadbirlar rejasi va jadvali ishlab chiqilib, ularni tashkil etish uchun mas’ul shaxslar belgilandi.

Oylik doirasida ZvaOBD, VBvaI va MMvaTX bo‘linmalari mutaxassislari tomonidan ko‘plab targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilib, xususan, 100 dan ortiq mavzuga doir stend va plakatlar o‘rnatildi. Shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘in xavfini aniqlash maqsadida 125 ta VBvaI obyektlari, ZvaOBD omborlari va qurilish maydonlarida barcha yong‘inga qarshi shitlar va birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari profilaktik ko‘rikdan o‘tkazildi.

— Kompaniyaning barcha obyektlarida xodimlarning yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishi yuzasidan har kuni kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, — deydi HSE departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – o‘quv mashg‘ulotlar boshlig‘i Nurullo Shirinov. — Yong‘in o‘chirish vositalarini to‘g‘ri holatda saqlash, belgilangan mahalliy qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish, elektr jihozlarining yaxshi holati va yonuvchi materiallarni saqlash me’yorlariga rioya qilish shular jumlasidandir. Yong‘in o‘chirish brigadalarining muntazam o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda, maxsus texnikalar, jumladan, 12 ta yong‘inga qarshi motopompalar texnik shay holatda.

Oylik doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi ko‘magida Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi obyektlarda, shuningdek, 3-MBF va BGQIZ loyihalarida xodimlarni evakuatsiya qilish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirish bo‘yicha 25 ta o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Kompaniya kasaba uyushma qo‘mitasi bilan birgalikda YXQ mas’uliyatli xodimlari ishtirokida o‘quv seminarlar tashkil etildi, ular davomida eng yaxshi xodimlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Yong‘in xavfsizligi oyligi yakunlari bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish choralari ham ko‘rildi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun yetishmayotgan vositalar sotib olindi.

Biz ham tavsiya qilamiz