KMM’da ishlar davom etmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorauzyak tumanida kon-metallurgiya majmuasi (KMM) barpo etilayotgan «Tebinbuloq» konida qurilish ishlari davom etmoqda. Boʻlgʻusi korxonaning toʻgʻridan-toʻgʻri tiklanuvchi temir koʻrinishidagi tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvati yiliga 3,6 million tonnani tashkil etadi.
Loyiha buyurtmachisi «Triangul Metals Tebinbulak» MChJ QK, EPC-pudratchi — Enter Engineering kompaniyasi. Yordamchi, infratuzilma inshootlari va kommunikatsiyalarni loyihalash UzLITI Engineering mutaxassislari tomonidan amalga oshirilmoqda. Kon mahalliy korxonalar va boshqa iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish uchun metallurgiya xomashyosi va poʻlatdan yasalgan buyumlar ishlab chiqarish boʻyicha integratsiyalashgan metallurgiya majmuasining bir qismiga aylanadi.
Bugungi kunda loyihada KMMning asosiy texnologik maydonlarida umumiy qurilish ishlari olib borilmoqda:
— TTO zavodi (2 ta texnologik blokda loyihaviy quvvati yiliga 3,6 mln tonnagacha boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri tiklanuvchi temir ishlab chiqarish). Shaxta oʻchogʻi, reformer, operatorlik va boshqa hududlarda yer (60%), beton (mustahkamlash, opalubkalarni oʻrnatish, tayyorgarlik) ishlari olib borilmoqda;
— umumiy zavod xoʻjaliklari (UZX). Metall konstruksiyalar zavodi (MKZ) poydevori va kolonnalarini betonlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, dastgoh va uskunalarni yetkazib berish jarayoni amalga oshirilmoqda;
— texnik suv olib kirish hamda suvni tayyorlash va oqova suv uchastkasi;
— kirish temir yoʻli (umumiy qurilish ishlari);
— vaqtinchalik binolar va inshootlar.
Loyiha maydoni 680 gektar bo‘lib, bu yerdagi ishlarga 500 nafardan ortiq mutaxassis hamda 140 dan ortiq qurilish va maxsus texnika jalb etilgan.
Yaqin kelajakda KMMning asosiy texnologik obyektlari: ochiq karer (xom ashyoga boʻlgan ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish uchun yiliga 30 million tonnadan 58 million tonnagacha ruda qazib olish) va boyitish fabrikasidagi (rudadan yiliga 5 million tonnagacha temir rudasi kontsentrati ishlab chiqarish) ishlar rejalashtirilgan.
Loyihani amalga oshirish yakuniy TTO mahsulotlarini (sepma/Fe >92–94%) — 1,8 million tonna (1-bosqich) ishlab chiqarishni ta’minlaydi, shuningdek, yangi ish oʻrinlarini yaratish shaklida sezilarli ijtimoiy samara beradi.