HSE departamenti: asosiy maqsad — xavfsizlik

24.01.2024
Поделиться:

Enter Engineering kompaniyasining barqaror va samarali ishlashining asosi salomatlikni muhofaza qilish, texnik xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, kasbiy kasalliklarning oldini olish, xodimlarga sifatli tibbiy xizmat va baxtsiz hodisalar paytida birinchi yordam ko‘rsatish, shuningdek maqbul ish sharoitlarini taminlashdir.

Ushbu barcha vazifalarni bajarish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish HSE departamenti mutaxassislariga yuklatilgan. Bo‘linma tuzilmasi uchta boshqarmani o‘z ichiga oladi — mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi (MMQvaTX), atrof-muhitni muhofaza qilish (AMMQ) va salomatlikni muhofaza qilish (SMQ).

— Barcha xodimlarimiz o‘z faoliyatida ilg‘or xalqaro tajribaga amal qiladi, — deydi HSE departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Nurullo Xayrullaevich Shirinov. — Bugungi kunda Enter Engineering kompaniyasining barcha loyiha va ofislarida 300 nafarga yaqin xodimlar mehnat qilayotgan HSE bo‘limlari tashkil etilgan bo‘lib, ular har kuni quruvchilarning uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Xususan, xodimlarning mehnat sharoitlari yaxshilanib, profilaktika va ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda, zamonaviy shaxsiy himoya vositalari (ShHV) joriy etilmoqda. Salomatlik, mehnatni muhofaza qilish va texnik xavfsizlik sohasida bizning asosiy maqsadimiz jarohatlanishning nol darajasiga erishish va baxtsiz hodisalar xavfini to‘liq minimallashtirishdir.

O‘tgan yil davomida HSE departamenti mutaxassislari kompaniya loyihalarida ko‘plab amaliy va nazariy tadbirlarni tashkil qilishdi. Keling, ulardan bir nechtasini eslaylik:

3-MFO. Menejerlar va uchastka boshliqlari oʼqitildi va bu tadbirda 38 nafar MTX ishtirok etdi, shuningdek MM va XT boʼyicha mutaxassislar attestatsiyadan oʼtkazildi.

Boysun gazni qayta ishlash zavodi. Samarqand xalqaro texnologiya universiteti talaba-stajyorlari bilan amaliy mashg‘ulot va trening.

Samarqand viloyatidagi obyektlarda HSE departamentining Auditi

MTO texnoligiyasi asosidagi GKM loyihasida kompaniya kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan birgalikda Mehnatni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan seminar

Taklif etilayotgan infografika 2023-yilda bajarilgan ishlar hajmini tasavvur qilish imkonini beradi.

HSE departamenti mutaxassislariga ishlarida yo‘lga qo‘yilgan tempni tushirmaslikni va Enter Engineering barcha xodimlarining xavfsizligi va salomatligini mustahkamlashda davom etishlarini tilaymiz.

Biz ham tavsiya qilamiz