Samarqandda 3-YOQM kengaymoqda

29.01.2024
Поделиться:

O‘tgan yili ishlab chiqarishda rentabellikni oshirish va iqtisodiyotning yoqilg‘i materiallariga nisbatan ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish strategiyasi doirasida Enter Engineering kompaniyalar guruhi rahbariyati Samarqandda qurilayotgan 3-YoQM (yoqilg‘i quyish majmuasi)ning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishga qaror qildi.

Bunga erishish uchun obyektning yaroqli maydonini taxminan bir gektarga oshirish rejalashtirilgan, bu esa majmuaning ishlab chiqarish quvvatini sezilarli darajada oshiradi. Ayni paytda qariyb 2,35 gektar maydonda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Loyihaga 56 nafar ishchi va 20 nafar MTI mutaxassislar, 22 dona texnika jalb etilgan. Ishlab chiqarish zonasi bir qator binolar va inshootlarni o‘z ichiga oladi, jumladan:

- ma’muriy-maishiy bino;

- yong‘inga qarshi nasos stansiyasi;

- quvurli temir-beton konstruktsiyali (V-700 m³, 2 dona) yong‘inga qarshi rezervuarlar;

- sanoat va yomg‘ir suvlarini tozalash inshootlari;

- komplekt transformator tagstansiyasi;

- favqulodda dizel elektr stantsiyasi.

IChTG bosh mutaxassisi Ulug‘bek Nehmatov ta’kidlaganidek, loyihalash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda va quruvchilar obyektning foydalanishga topshirilish sanasini kundan-kunga yaqinlashtirishmoqda. Dastlabki rejaga ko‘ra, uni joriy yilning mart-aprel oylarida ishga tushirish rejalashtirilgan.

3-YoQMni kengaytirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad shahar va unga tutash yoqilg‘i quyish shoxobchalari hamda ishlab chiqarish korxonalarini dizel yoqilg‘isi va avtobenzin bilan uzluksiz ta’minlashdan iborat.

Ushbu obyektning foydalanish uchun muvaffaqiyatli topshirilishi har qanday soha uchun zamonaviy sanoat va texnologik obyektlarni qurishga qodir bo‘lgan Enter Engineering mutaxassislari mahoratining yana bir tasdig‘i bo‘ladi.

 

Biz ham tavsiya qilamiz