Raqamlashtirish muvaffaqiyatli ishning asosidir
Enter Engineering kompaniyalar guruhining muvaffaqiyatli faoliyatini barcha ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishning zamonaviy usullarini va, xususan, elektron hujjat aylanishini joriy qilmasdan tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Sir emaski, yirik tashkilotlarda hujjatlar almashinuvi ko‘pincha jarayonlarning yuqori mehnat intensivligi va resurslarning sezilarli darajada sarflanishi tufayli muammoga aylanadi, bu esa ishni sekinlashtiradi, unumdorlikni pasaytiradi va obyektiv ma’lumotlarni tezda olishga imkon bermaydi.
— Hujjatlar bilan ishlashning yangi texnologiyalarini joriy etish orqali boshqaruv samaradorligini oshirish bugungi kunning talabi, — deydi Enter Engineering Hujjatlarni boshqarish departamentining Hujjatlarni hisobga olish va rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i Zamira Abdurahmonova. — Departamentimiz orqali har oy 2000 ta shartnoma va 600 ga yaqin rasmiy blankadagi xatlar o‘tadi. Shu bois elektron hujjat aylanishini joriy etish va elektron raqamli imzo (ERI) dan foydalanish dolzarb va hayotiy vazifaga aylangan bo‘lib, uni hal etish Sardor Farxadovich Sharipov boshchiligida departament rahbariyati tomonidan xodimlarimiz oldiga qo‘yilgan.
Hujjatlarni hisobga olish va rasmiylashtirish bo‘limi mutaxassislari ish jarayonida mamlakatimizda raqamlashtirishni jadal rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaldagi qonunchilik bazasiga, xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonuniga tayandi.
— Elektron hujjat aylanishi hujjatlarni tasdiqlash va imzolash uchun zarur bo‘lgan vaqtni sezilarli darajada qisqartirishi va bu orqali xodimlarning muhimroq vazifalarni bajarish uchun resurslarini bo‘shatishi mumkin, — dedi Zamira Abdurahmonova. — Bu, shuningdek, ma’lumotlarning yo‘qolishini va inson omili bilan bog‘liq xatolarni bartaraf etishga, xodimlarning mehnat intizomini oshirishga, ma’lumotlar bazasidan kerakli hujjatlarni bir zumda topishga, kompaniya xarajatlarini kamaytirishga va boshqa ko‘p narsalarga xizmat qiladi.
Aytish joizki, tizim joriy etilishidan avval xodimlar elektron raqamli imzodan turli xildagi hujjatlardan foydalanish qonuniyligi bo‘yicha o‘qitilib, huquqiy maslahatlar olishdi. Vakolatli operatorni har tomonlama tanlash ham amalga oshirildi: amaldagi litsenziya tekshirildi, tizimni «1C» dasturiga integratsiya qilish imkoniyatlari, sertifikatlar berish tezligi, xizmatlar narxi va kompaniyaning mijozlarga e’tibor qaratishi baholandi.
— Natijada 2023-yil dekabr oyida departament xodimlari dasturning bepul sinov versiyasini sinab ko‘rishdi, — deya xulosa qildi Zamira Muxitdinovna. — Joriy yil boshidan elektron hujjat aylanishi tizimining nosozliklarni tuzatish ishlarini olib bordik va fevral oyidan boshlab to‘liq unda ishlashga o‘tdik. Endi departamentdagi hujjatlar birgina klik olqali imzolanadi.