Yangi ekspomarkaz qurilmoqda

15.02.2024
Поделиться:

Avval ham taʼkidlanganidek, qurilishida Enter Engineering kompaniyalar guruhining minglab mutaxassislari mehnat qilgan Samarqand sayyohlik markazi madaniy, gastronomik, tibbiy va ishbilarmonlik turizmi obyektlarini birlashtirgan noyob majmuadir.

Bugungi kunda 260 gektar maydonda jahon andozalariga mos mehmonxonalar, jamoat joylari, istirohat bog‘i, musiqali favvora, kontseptual restoran va kafelar, shuningdek, xalqaro kongress-xoll va «Abadiy shahar» tarixiy-etnografik bog‘i joylashgan. Shu bilan birga, SSM o‘z imkoniyatlarini kengaytirish va mintaqaviy biznes, madaniyat va sayyohlik markazi sifatida yangi sifat bosqichiga ko‘tarilish uchun ulkan salohiyatga ega.

Aynan shu maqsadlarga erishish uchun bugungi kunda markaz hududida Enter Engineering mutaxassislari tomonidan ko‘rgazmalar, biznes-forumlar va turli yirik tarmoq tadbirlari uchun qulay namoyish maydoniga aylanadigan ekspomarkaz barpo etilmoqda. Ularning ishtirokchilari bu yerda turli formatlarda o‘zlarining ko‘rgazmali stendlarini joylashtirishlari va tashrif buyuruvchilarni o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar yoki ko‘rsatayotgan xizmatlar bilan tanishtirishlari mumkin bo‘ladi.

— Ekspomarkazning foydali maydoni 6 ming 400 kvadrat metrni tashkil etadi, — deydi uchastka rahbari Shahriyor Abdullayev. — Qurilish ishlari 2023-yilning may oyida boshlangan bo‘lib, uni loyihalashtirish bilan UzLITI Engineering mutaxassislari shug‘ullanishgan. Ayni paytda e’lon qilingan hajmlar 50 foizga bajarilgan. Qurilish-montaj ishlari faol bosqichda bo‘lib, unga 25 nafar mutaxassis va 6 ta maxsus texnika jalb etilgan. Obyektni foydalanishga topshirish 2024-yil oxiriga mo‘ljallangan. Albatta, bo‘lg‘usi ekspomarkaz SSM me’moriy ansambliga organik ravishda mos kelib, uning funksional imkoniyatlarini kengaytiradi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, O‘zbekiston boy madaniy va tarixiy merosni asrab-avaylagan holda mehmondo‘stligi, ochiqligi va taraqqiyotga intilishini namoyon etib, dunyoning turli burchaklaridan kelayotgan mehmonlar uchun o‘z eshiklarini keng ochganini ta’kidlash joiz.

 

Biz ham tavsiya qilamiz