Texnik quvvatni oshirish

19.02.2024
Поделиться:

Toshkent viloyatida OKMK uchun misni boyitish fabrikasi (3-MBF) qurilishi Enter Engineering kompaniyasining ustuvor loyihalaridan biridir. Dadil innovatsion g‘oyalar mujassamligi, minglab mutaxassislar jamoasining professionalligi va fidoyiligi, noyob jihozlar ulkan qurilish maydonchasi voqeligining tarkibiy qismlari hisoblanadi.

O‘tgan oy oxirida loyihada yuqori quvvatli yuk ko‘tarish SANY SCC16000 gusenitsali kranni o‘rnatish bo‘yicha montaj ishlari yakunlandi. Enter Engineering kompaniyasining MMIB yuk ko‘taruvchi mexanizmlar bo‘limi menejeri Mirshod Ashurov bizga mashinaning texnik xususiyatlari va uning ishlashidan kutilayotgan samara haqida gapirib berdi:

— Ushbu bosqichda LJDB komplektatsiyada yig‘ilgan kran og‘irligi 140 tonnagacha bo‘lgan yuklar bilan ishlarni bajarmoqda va mayda maydalagich korpusini o‘rnatishda ishtirok etayapti. Ushbu model juda ko‘p afzalliklarga ega, jumladan simsiz masofadan boshqarish moslamasi, sezgir xavfsizlikni boshqarish tizimi, shuningdek, ikkita qulay va ishonchli ish rejimi (montaj va ishchi ekspluatatsiya) mavjud. Asosiy strela uzunligi 54 metr. Xavfsizlik darajasi operator kabinasidagi displeyda real vaqt rejimida ko‘rsatiladi, chaqmoqlardan himoya, avtomatik pereklyuchatellar, videokuzatuv tizimi mavjud. Maksimal yuk ko‘tarish quvvati 1600 tonna.

Kran komplektatsiyasi kranning o‘z og‘irligidan yuk og‘irligini teng ravishda taqsimlashga xizmat qiluvchi maxsus metall plitalarni o‘z ichiga oladi. Kranning ekspluatatsiyasi uning uchastkada joylashishi va ko‘tarilayotgan yuklarning xususiyatlarini hisobga olgan holda dastlabki hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi.

Fevral oyining boshidan beri loyihada kran yordamida ishlar amalga oshirilmoqda va uni tegishli ijozat toifasiga ega operatorlar — Hindistonlik mutaxassislar Uttam Svain va Abdul Jalil boshqarmoqda. 3-MBF qurib bitkazilib, topshirilgunga qadar undan maksimal darajada foydalanish rejalashtirilgan.

Enter Engineering kompaniyasi O‘zbekistonda tengi yo‘q zamonaviy maxsus texnikalarning katta parkiga ega va uning texnik imkoniyatlari kompaniya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

Biz ham tavsiya qilamiz