Mashinasozlik direksiyasi: uyg'unlik va professionallik

21.02.2024
Поделиться:

Enter Engineering kompaniyalar guruhi o‘zining ishlab chiqarish bazasini shakllantirish yo‘nalishidan bormoqda, bu esa amalga oshirilayotgan loyihalar ehtiyojlari uchun keng turdagi sanoat uskunalari, ehtiyot qismlar va qurilish materiallarini ishlab chiqarish imkonini beradi.

Ushbu maqsadlarni amalga oshirish asosan Mashinasozlik direksiyasi mutaxassislari zimmasiga yuklatilgan. Bu nisbatan yosh bo‘linma bo‘lib, ikki yildan ko‘proq vaqt davomida faoliyat yuritadi, lekin allaqachon sezilarli natijalarga erishgan. Bugun bu yerda Erlan Bulatovich Bostekpayev rahbarligida yuqori malakali xodimlar mehnat qilmoqda. Ularning sa’y-harakatlari hamda tegishli tashkilotlar bilan tizimli o‘zaro hamkorligi natijasida sig‘imli uskunalar va bosimli idishlar, turli muhitlar uchun qobiqli issiqlik almashtirgichlar, metall konstruksiyalar, payvandlash elektrodlari, metizlar, shuningdek, boshqa asbob-uskunalar va sarf materiallarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Buyurtmalarni shakllantirish dastlabki bosqichdan boshlanadi, unda so‘rovnomalarni to‘plash va texnik hujjatlarni tayyorlash asosida ehtiyojlar ro‘yxati shakllantiriladi. Bu Ioanna Axmetyanova boshchiligidagi muvofiqlashtirish bo‘yicha mutaxassislar guruhining faoliyat sohasidir. Ular buyurtmalarni shakllantirish bilan shug‘ullanadilar, ularning ijrochilarini aniqlaydilar va ishlab chiqarish ishlarining bajarilishini nazorat qiladilar. Masalan, yirik texnologik asbob-uskunalar va metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish masalalarida Yangiyo‘l va Olmaliqdagi Enter Steel mashinasozlik zavodlari, Chirchiqdagi konstruktorlik byurosi bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, zarur materiallar va butlovchi qismlar uchun hujjatlarni o‘z vaqtida tanlash, kontraktatsiya qilish, yetkazib berish va rasmiylashtirish ta’minlanadi. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarayotgan menejerlar orasida Akmal Ismoilov, Rustam Shomatov, Elbek Jo‘raqulov, Mo‘min Xidirov bor.

Mashinasozlik direksiyasi mutaxassislarining bir qismi doimiy ravishda ishlab chiqarishda bo‘lib, bu mahalliy ishchi-xodimlar bilan hamkorlik qilish, neft va gazni qayta ishlash, kimyo ishlab chiqarish va tog‘-kon sanoati uchun buyurtmalarning bajarilishi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini nazorat qilish imkonini beradi. Masalan, Baxridin To‘rayev va Erkin Shertayevlar ehtiyot qismlar va metiz mahsulotlar ishlab chiqarishni nazorat qiladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati esa Sherzod Rahimov jamoasi tomonidan nazorat qilinadi. Bundan tashqari, Direksiya mashinasozlik zavodi quvvatlarini kengaytirishda ham ishtirok etadi — 2023-yilda ikkinchi nostandart asbob-uskunalar sexi, elektrod ishlab chiqarish sexi, ikkita ochiq ishlab chiqarish maydonchalari foydalanishga topshirildi, quyish va metiz sexi faol bosqichda.

Mashinasozlik direksiyasi jamoasi oldida juda ko‘p istiqbolli vazifalar turibdi va biz bu haqiqiy professionallarning uyg‘un jamoasiga qiyin ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

 

Biz ham tavsiya qilamiz