Turnir davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, poytaxtda «CS:GO» yo‘nalishi bo‘yicha an’anaviy «CAD CORPORATE CUP» kibersport turniri bo‘lib o‘tmoqda, unda Enter Engineering kompaniyasidan ikkita jamoa ishtirok etmoqda.
Navbatdagi o‘yin sessiyasi ishtirokchilarimiz uchun turlicha bo‘ldi. Afsuski, birinchi EE jamoasi «UZUM»dagi raqiblariga 1/8ga yo‘llanma uchun o‘tkazilgan o‘yinda mag‘lub bo‘lib, kurashni tark etganini ma’lum qilamiz.
Ammo Mirsultonbek Siddiqov, Abdulaziz Adxamov, Eduard Nazaryan, Shohzamon Valiyev, Javoxir Abdullayev va Dilshod Mirhosilovdan iborat Enter Engineeringning ikkinchi jamoasi uchun barchasi ancha muvaffaqiyatli bo‘ldi. Oxirgi o‘yinda ular 1/8 ga chiqib, «Artel-2» bilan to‘qnash kelishdi. Bo3 qoidasi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘yinda jamoamiz raqibini umumiy 2:0 (13:0 va 13:3) hisobida mag‘lub etib, unga g‘alaba qozonish uchun hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Navbatdagi o‘yinda «EE-2» jamoasiga joriy mavsum yetakchilaridan biri bo‘lgan «O‘ztelekom» jamoasi raqiblik qildi.
— Bu o‘yin biz uchun unchalik omadli bo‘lmadi, — deydi Xarid va yetkazib berish dikeksiyasining kontkaktatsiya bo‘limi xarajat shartnomalari ma’muriyati mutaxassisi, jamoa sardori Mirsultonbek Siddiqov. — Biz g‘alaba qozona olmadik va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yarim finalga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldik. Lekin raqib juda kuchli bo‘lishiga qaramay, yaxshi raqobatlashdik va chiroyli o‘yin ko‘rsatdik.
Mag‘lubiyatdan so‘ng, «EE-2» turnirning quyi bosqichlaridan joy oldi va shunga qaramay, turnirning asosiy kubogi uchun kurashni davom ettirish imkoniyatini saqlab qolishdi. Buning uchun 9-mart kuni kibersport bo‘yicha terma jamoamiz joriy turnir favoritlaridan biri bo‘lgan «Artel»ning asosiy jamoasini mag‘lub etishi kerak.
— Ushbu bahsga qizg‘in tayyorgarlik ko‘ramiz, — dedi Mirsultonbek Siddiqov. — «CAD CORPORATE CUP» musobaqasida 6 ta eng yaxshi jamoalar qatoriga kirdik, bu biz uchun yaxshi natija, ammo mavjud imkoniyatdan unumli foydalanib, yuqoriroq o‘rinni egallashga harakat qilamiz. Biz barcha qo‘llab-quvvatlovchi muxlislarga minnatdorchilik bildiramiz va Enter Engineering sharafini munosib himoya qilishga harakat qilamiz.