Bahor va ezgulik ayyomi davom etmoqda

19.04.2024
Поделиться:

O‘zbekistonda Navro‘z odamlarga quvonch ulashuvchi va tabiat bilan uyg‘unlikni aks ettiruvchi eng sevimli bayramdir. Enter Engineering kompaniyalar guruhining minglab xodimlari uchun bu yangi umidlar bilan bog‘liq, shuning uchun har yili bahorda Navro‘z barcha loyihalarda quvnoq sayillar, to‘kin dasturxon va konsertlar bilan nishonlanadi.

Mamlakatimizning turli hududlaridagi vaxta shaharchalarida o‘tkazilgan qator tadbirlardan so‘ng Navro‘z bayrami poytaxtimizda tantanali ravishda nishonlandi. «Sergeli bazasi»da Enter Engineering kompaniyasi kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan katta yorqin bayram tadbiri tashkil etildi. Bayramning asosiy taomi — sumalak ikkita katta qozonda tayyorlandi. Qadim zamonlardan beri unib chiqqan bug‘doy donlaridan tayyorlanadigan bu taom nafaqat shirinlik, balki qishki sovuqdan uyg‘onganidan keyin tabiat beradigan foydali vitaminlar va minerallar manbai sifatida ham juda qadrlanadi.

Sumalak pishirilayotgan qozonlar atrofida uni tayyorlashda ishtirok etishni xohlovchi ko‘pchilik yog‘ilishdi, uni kovlab, tilaklarini bildirishdi. Tadbir quvnoq an’anaviy kuy-qo‘shiqlar va raqslarga boy bo‘ldi.

Ertasi kuni ertalab 500 dan ortiq porsiya sumalak bazada faoliyat yuritayotgan va shu kuni bazada bo‘lgan loyihalar bo‘yicha ishlayotgan kompaniya xodimlariga tarqatildi. EMS (Enter Machineries Service) kompaniyasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi an’analardan chetda qolmadi — bayramona to‘y oshini tayyorladi. Tushlik vaqtida oshxonada bayramona dasturxon tuzalib, barchaga ajoyib noz-ne’matlar ulashildi.

— Bu bayram tabiat uyg‘onishi, mehr-oqibat, o‘zaro yordam timsolidir, — deydi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Bobir Kenjayev, bayramona kayfiyat bilan o‘rtoqlashib. — Bejizga «Navro‘z keldi, barcha hafaliklarni, yomonlikni unut!» deyishmaydi. Tabiat yangilanganida qalblar mehrga, musaffo hayollarga to‘ladi, shuning uchun biz har yili Navro‘z bayramini Kompaniyalar guruhi miqyosida nishonlaymiz! O‘ylaymanki, bayram yana bir bor ajoyib tarzda nishonlandi, xodimlar ishda katta muvaffaqiyatlarga erishish uchun quvvat va kuch oldilar.

Biz ham tavsiya qilamiz