Texnologik yechimlar asosi
2021-yil dekabr oyida «Tebinbuloq» kon-metallurgiya muhandislik markazi loyihasi sifatida o‘z faoliyatini boshlagan Enter Engineering kon-metallurgiya muhandislik markazi bugungi kunda uning muhim tarkibiy elementi hisoblanadi.
Qurilishning eng muhim vazifalarini amalga oshirish uchun tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda yirik loyihalar uchun texnologik yechimlar yaratiladigan, texnik vazifalar shakllantiriladigan, jarayonlar birlashtirilgan va qurilish-montaj ishlarining yuqori darajasi ta’minlanadigan bo‘linmadir. Bu yerdagi mutaxassislar loyihaning har bir jihatini — texnik shartlarga rioya qilishdan tortib, bajarilgan ishlarning sifati va narxiga qadar baholaydilar.
— Tog‘-kon sanoati va metallurgiya bugungi kunda Enter Engineering kompaniyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi, — dedi muhandislik markazi menejeri Amin Arami. — Markazda 11 ta bo‘lim mavjud bo‘lib, ularda turli profildagi 75 nafar xodim ishlaydi. Jamoa oldiga jarayonni rejalashtirish va nazorat qilish, arxitektura, texnologik, elektrotexnika ishlari, quvurlarni loyihalash va 3D modellashtirish, NO‘AvaA, kommunal xizmatlarni tashkil qilish va yong‘in xavfsizligini o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli vazifalar yuklangan. Bundan tashqari, biz asosiy va batafsil injiniring, asbob-uskunalarni loyihalash va xarid qilishdagi optimallashtirish, subpudratchilar va yetkazib beruvchilarning ish faoliyatini nazorat qilish bilan shug‘ullanamiz.
Markaz faoliyati davomida u orqali muhandislik hujjatlariga oid oltmish mingga yaqin hujjat o‘tgani loyihalarning texnik yaxlitligi va sifatini ta’minlashda uning ahamiyatini ko‘rsatib beradi. Tashkil etilganidan buyon bo‘linmaga Habibollah Bolour rahbarlik qilib keladi. Uning rahbarligida muhandislik markazi 3-MBF, 4-MBF loyihasida molibden flotatsiya zavodini qurish kabi yirik loyihalarda faol ishtirok etmoqda va hozirda MTO gaz-kimyo majmuasini qurilishida suv ombori va nasos stansiyasi, suv ta’minoti tizimini loyihalash bo‘yicha ishlarni boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Kon-metallurgiya muhandislik markazining samarali faoliyat yuritishi har bir bino yoki inshootning ham ichki standartlarga, ham xalqaro sifat va xavfsizlik standartlariga mos kelishini kafolatlaydi. Shunday qilib, uning mutaxassislarining ishi nafaqat Enter Engineeringning joriy va kelajakdagi loyihalari uchun asos bo‘libgina qolmay, balki kompaniyaning ishonchli EPC-pudratchi sifatidagi obro‘sini saqlab qoladi.