O'quv seminari o'tkazildi
28-aprel kuni an’anaga ko‘ra Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni keng nishonlanadi. Enter Engineering ijtimoiy mas’uliyatli kompaniya sifatida ushbu sanaga bag‘ishlangan turli tadbirlarni o‘tkazadi. Xususan, kompaniya loyihalarida «Iqlim o‘zgarishining mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga ta’siri» mavzusida o‘quv seminarlari o‘tkazildi. Ularda ixtisoslashgan mutaxassislar, shuningdek, kompaniya kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.
Olmaliq shahridagi 3-MBF qurilishi loyihasida seminar oldidan mavjud xavfsizlik vositalariga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi. Tadbir davomida kasaba uyushma tashkiloti inspektori Qahramon Naxshibandiyev, loyiha rahbarining ma’muriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Aziz G‘ofurov, 3-MBF HSE departamenti bosh mutaxassisi Firuz Jo‘rayevlar yig‘ilganlar oldida so‘zga chiqdilar. Ma’ruzachilar so‘nggi paytlarda ob-havo sharoitidagi global o‘zgarishlar ishlab chiqarish jarayonlariga, shuningdek, ishchilar xavfsizligi va sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatishi haqida aytishdi. Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq kasbiy xavflarga issiqlik stressi, ultrabinafsha nurlanishi, havoning ifloslanishi, yirik ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, ekstremal ob-havo hodisalari, yuqumli kasalliklarning ko‘payishi va kimyoviy moddalar ta’sirining kuchayishi kiradi.

Xuddi shunday tadbir Boysun gazni qayta ishlash zavodi loyihasida ham bo‘lib o‘tdi, unda HSE departamenti vakillari, shuningdek, kompaniya kasaba uyushmasi raisi Bobur Kenjayev ushbu mavzuda so‘zga chiqishdi.
Enter Engineering mehnat muhofazasini yaxshilash va barcha turdagi ishlarning xavfsizligini oshirish bo‘yicha tizimli faoliyatini davom ettiradi!