3-MBFda press-tur o'takizldi

29.04.2024
Поделиться:

Enter Engineering kompaniyasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati uchun misni boyitish fabrikasini (3-MBF) qurish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani amalga oshirmoqda.

Keng jamoatchilikni OKMK faoliyati va MBF qurilishining borishi bilan tanishtirish maqsadida kombinat axborot xizmati va Enter Engineering kompaniyasi tomonidan press-tur tashkil etilib, unda bosma ommaviy axborot vositalari, televideniye va internet-kanallari jurnalistlari ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilar kombinatning yangi quvvatlari, shuningdek, misni boyitish fabrikasi qurilish maydonchasi bilan tanishdi. Jumladan, jurnalistlar yiliga 60 million tonna ruda qayta ishlanishi ko‘zda tutilib qurilayotgan ishlab chiqarish sexlarini ko‘zdan kechirdi.

«Misni boyitish fabrikasi foydalanishga topshirilgach, u sanoatning nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasida, balki uning chegaralaridan uzoqda ham tengi bo‘lmagan yirik korxonaga aylanadi. Bu yerda xomashyoni qayta ishlashning eng zamonaviy texnologiyalari, ekologik standartlar joriy etiladi. Ayni paytda sanoat uskunalarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda, Enter Engineering kompaniyasining muhim insoniy va texnik resurslari jalb qilingan. Iyun-iyul oylarida ishga tushirish ishlari amalga oshiriladi hamda yil oxiriga qadar ishlab chiqarish jarayonini birinchi ishga tushirishni rejalashtirmoqdamiz», — dedi loyiha rahbari Aleksandr Vershkovskiy.

Jurnalistlar qurilish-montaj ishlari jarayonini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishga, bo‘lajak sanoat gigantining ustaxonalari quvvati va hajmini yaqindan his qilish imkoniga ega bo‘ldi.

«Loyiha miqyosi haqiqatan ham hayratlanarli. Dunyoning eng yaxshi kompaniyalari tomonidan amalga oshirilgan asosiy injiniring doirasida metallurgiya majmuasining asosiy obyektlari: mis eritish agregatlari, oltingugurt kislotasi sexi, mis elektroliz sexi, shlak boyitish fabrikasi, kontsentrat tayyorlash va saqlash ombori loyihalashtirilgan. Korxonaning bosh rejasi ishlab chiqildi. Asosiy texnologik yechimlar belgilab olindi. Masalan, fabrika laboratoriyasi eng ilg‘or asbob-uskunalar va stendlar bilan jihozlangan bo‘lib, ular ruda tarkibini tahlil qilish, jarayonlarni sozlash va tayyor mahsulot chiqarishni muvofiqlashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning maksimal darajasiga erishiladi», — dedi Aleksandr Vershkovskiy.

Tadbirda ta’kidlanishicha, mazkur loyihani amalga oshirishning dolzarbligi shundan iboratki, kombinat ishlab chiqarayotgan katodli mis O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari uchun asosiy xom ashyo hisoblanadi. Yangi ishlab chiqarish quvvatlari yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tayyor mis mahsulotlari (kabel, quvurlar, folga, fiting) ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, majmua — «Yoshlik I» koni va misni boyitish fabrikasi foydalanishga topshirilgach, 6 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.

 

Biz ham tavsiya qilamiz