Navro'z bayrami nishonlandi

05.04.2024
Поделиться:

Xalqimiz milliy qadriyat va an’analarimizni asrab-avaylash va yuksaltirishga alohida e’tibor qaratadi. Bunda Navro‘z alohida o‘rin tutadi! Bu go‘zal va uzoq kutilgan bahor ayyomi qahraton qishdan so‘ng keladi, uning falsafasi tabiatning uyg‘onishi, odamlarning do‘stligi va birligidir.

Enter Engineering kompaniyalar guruhida Navro‘z bayramini loyihalarda nishonlash yaxshi an’anaga aylangan. Joriy yilda ham kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan xodimlar uchun qator bayram tadbirlari o‘tkazildi.

5 ming kishi ishtirok etgan eng ommaviy bayram Baysun gazni qayta ishlash zavodi loyihasida bo‘lib o‘tdi. Bu yerda katta qozonlarda bahoriy taomlar — sumalak va xalim tayyorlanib, bayram dasturxoni va mahalliy san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.

Ma’muriy masalalar bo‘yicha menejer, sex kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Azizjon To‘raev shunday dedi:

«O‘zbekistonda bahor Boysundan boshlanadi, aynan bu yerda daraxtlar birinchi bo‘lib gullaydi. Bodom gullari esa Navro‘zning o‘ziga xos ramzi bo‘lib, xalq orasida alohida e’zozlanadi. Shu kuni har bir xodim bayramona kayfiyatda bo‘ldi, hamma quvondi va mazali taomlar bilan zavqlanishdi. Bunday tadbirlar mehnat jamoasini birlashtirishga va samarali mehnat kayfiyatini yaratishga yordam beradi».

Xuddi shunday bayram tadbirlari «Tebinbuloq» kon boyitish majmuasi qurilishida ham, Buxoro shahrida ham tashkil etilib, unda kompaniyalar guruhining jami 1500 nafardan ortiq xodimlari ishtirok etdi. Albatta, hamma joyda sumalak va xalim tayyorlanib, musiqiy guruhlar chiqishlari namoyish etildi, bayramona muhit hukm surdi.

— Insoniyat tabiat bilan uyg‘un ravishda yashaydi va bu bejiz emas, — deydi Enter Engineering kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Bobir Kenjayev bayram ishtirokchilari uchun tayyotlagan tabrigida. — Bahor nafaqat tabiatning uyg‘onishi, balki har bir inson faoliyati va hayotida yangi ufqlarni belgilovchi davrdir. Navro‘z bayramini nishonlash hamkasblarimiz qalbida bunyodkorlik ishtiyoqini yanada kuchaytirdi. Oldinda bizni hali ko‘plab loyihalar, mashaqqatli mehnat va yangi zafarlar kutayapti!

Biz ham tavsiya qilamiz