«SUMALAK PARTY»ning yorqin lahzalari
Ushbu quyoshli kunda «Bunyodkor» ofisining ichki hovlisi butunlay o‘zgacha tus olda: milliy o‘zbek so‘zanasi va ikatining yorqin ranglariga burkandi, qozonlardan taralayotgan xushbo‘y hid va milliy musiqa sadolariga to‘ldi, do‘stlar uchrashuvi va yangi hamkasblar bilan tanishuvlar joyiga aylangan.
18-aprel kuni Eriell, Enter Engineering, Saneg, TEG va Eriell Well Solutions kompaniyalari hamkorligida o‘tkazilgan Sumalak Party bayram tadbiri bu yilgi bahorning eng esda qolarli voqealaridan biri bo‘ldi.
Bayram ko‘plab mehmonlarni jalb qildi, ularning har biri bahor boshlanishi va tabiatning yangilanishining ramzi bo‘lgan sumalakni tayyorlashda shaxsan ishtirok etishi imkoniga ega bo‘ldi. Ko‘pchiligi milliy liboslar kiygan kompaniyalar xodimlari oltita qozondan birining oldida taomni aralashtirib, an’anaga ko‘ra tilak bildirishlari tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Yozilgan dasturxonlar noz-ne’matlar, shirinliklar va mevalarga to‘ldi, mehmonlarni «Ruboiy» raqs guruhi, illyuzionist Xushnud Ali ibn Mahmud va boshlovchi Bahodir hushnud qilishdi. Tomoshabinlar turli chiqishlarni ham tomosha qildilar — oq kaptarlar bilan lirik chiqish, ilon bilan ekzotik raqs, akrobatlar va gimnastikachilar o‘z mahoratlari bilan lol qoldirdilar. «Zarb sadosi» ansamblidan karnay-surnay sadolari va DJ Cool otashin ohanglari mehmonlar xotirasida qoladi. Tadbir so‘ngida barcha tomoshabinlar diskoteka ritmiga qo‘shilishdi. Interfaol uslib ham bo‘ldi — real bo‘y uzunligidagi qo‘g‘irchoqlar guruhi barchaga qiziqarli fotosessiyada qatnashish imkoniyatini taqdim etdi.
Sumalak tayyorlash yorqin bayramga aylanib, odamlarga kundalik yumushlarini bir muddat tark etib, an’ana va zamonaviylik ruhidan yo‘g‘rilgan bayramona muhitga sho‘ng‘ish imkonini berdi.
Ertasi kuni 2650 kishi o‘zlari birgalikda tayyorlagan ajoyib bahor taomidan bahramand bo‘lishdi.