Qahramonlar jasorati yodimizda

08.05.2024
Поделиться:

9-may — Xotira va qadrlash kuni arafasida Toshkent shahridagi «Birodarlik qabristoni» memorial majmuasi hududida Enter Engineering kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi rahbariyati va vakillari «Motamsaro ona» haykali poyiga gul qo‘yib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnatkashlar xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.

«Birodarlik qabristoni» harbiy memorial majmuasi poytaxtning eng koʻp odam tashrif buyuradigan diqqatga sazovor joylaridan biridir. Bu yer, ayniqsa, 9-may kuni ko‘plab toshkentliklar va shahar mehmonlari dafn etilgan askar va ofitserlar xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun kelganlarida gavjum bo‘ladi. Bu yerda urush yillarida faoliyat ko‘rsatgan gospitallarda halok bo‘lgan mingdan ortiq askar va ofitserlar dafn etilgan. Majmua markazidagi «Motamsaro ona» haykali hamohanglik bilan uyg‘unlashgan. Bu o‘z turmush o‘rtoqlari va o‘g‘illarini frontga kuzatgan millionlab ayollarning ramzi. Ushbu yorug‘ kunda tinchlik yo‘lida jonini ayamagan va jang maydonlaridan qaytmagan barcha insonlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ularning nomlari insoniyat tarixiga zarhal harflar bilan bitilgan, ular minnatdor zurriyotlarining hamisha yodida qoladi», — deydi Enter Engineering kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Bobir Kenjayev.

Shuningdek, marosim davomida yurtimizning tinch-osoyishta hayoti yo‘lida jon fido qilgan qahramonlarga bag‘ishlab ko‘plab iliq so‘zlar aytildi! Tadbirga shu kunlarda yodgorlik majmuasida xizmat qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi faxriy qorovullari alohida tantanavorlik bag‘ishladi.

Enter Engineering kompaniyasi hozirda hayot bo‘lgan faxriylar va front orti mehnatkashlarini samimiy tabriklaydi, ularga mustahkam sog‘lik va bayramona kayfiyat tilaydi!

 

Biz ham tavsiya qilamiz