«Iste’dodlar kamalagi»: bolalar ijodiyoti bayrami

28.05.2024
Поделиться:

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida an’anaga ko‘ra Enter Engineering kompaniyalar guruhining PR departamenti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda «Iste’dodlar kamalagi» bolalar ijodiyoti tanlovini o‘tkazdi.

To‘rtinchi marotaba o‘tkazilgan ushbu unikal tadbir xodimlarning farzandlariga o‘z qobiliyatlarini namoyon etish va sevimli mashg‘ulotlari haqida gapirib berish imkonini beradi.

Bu yil tanlov rekord darajadagi ishtirokchilarni — O‘zbekistonning turli hududlaridan 184 nafar bolani qamrab oldi. Ular orasida chet ellik ishchilarning farzandlari ham bor. Tanlov ishtirokchilari uchta yosh toifasiga bo‘lindi: 3–5 yosh, 6–8 yosh va 9–13 yosh. Ta’kidlash joizki, hakamlar hay’ati a’zolari uchun nafis gimnastika boyicha chiqishlar, ajoyib suratlar, ta’sirchan she’r va ertaklar, quvnoq raqslar va ohangdor qo‘shiqlardan iborat bo‘lgan 15 ta eng yaxshi ishni saralab olish oson kechmadi. Keyingi bosqich ochiq ovoz berish bo‘lib, unda har kim o‘zi yoqtirgan ishtirokchiga ovoz berishi va shu tariqa g‘olib va ​​sovrindorlarni aniqlashi mumkin edi.

23-may kuni «Humo Arena» KFMM matbuot markazida bolalar va ularning ota-onalari uchun haqiqiy bayramga aylangan tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Har bir yosh iste’dod egasiga esdalik sovg‘a topshirildi, nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar esa qimmatbaho sovg‘alar — planshet, smartfon va qo‘l soatlari bilan taqdirlandi.

O‘g‘il-qizlarning chaqnab turgan ko‘zlari, quvnoq tabassumi va olgan sovg‘alaridan samimiy quvonchi shu kuni tashkilotchilar uchun eng yaxshi mukofot bo‘ldi. Tadbir Enter Engineering kompaniyalar guruhi xodimlarining oilalarini birlashtirib, ularda ko‘plab ijobiy taassurotlar qoldirdi.

«Menga bu tanlov juda yoqadi! «Iste’dodlar kamalagi»da to‘rtinchi bor qatnashyapman. Men musiqa maktabida o‘qiyman va tanlovda qo‘shiq aytdim. Bu safar men birinchi o‘rinni oldim, bundan juda xursandman, tashkilotchilarga katta rahmat, hammasi zo‘r bo‘ldi!» — deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi 6–9 yosh toifasi g‘olibi Timur Ergashev.

Tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va sovg‘alar olishda Enter Engineering kasaba uyushma qo‘mitasi, shuningdek, UzLITI Engineering katta yordam ko‘rsatdi.

«“Iste’dodlar kamalagi” bir necha yillardan buyon kompaniyamiz hayotida muhim voqeaga aylanmoqda. Xodimlarning farzandlari o‘z ijodiy salohiyatini qanday ochib berayotganini ko‘rib, kompaniyamizda iliq va do‘stona muhit yaratishga xizmat qilayotgan bunday tashabbuslarni katta mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlayotganidan xursandmiz», — deydi Enter Engineering kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Bobir Kenjayev.

Biz tanlovning barcha ishtirokchilarini samimiy tabriklaymiz, faolligingiz uchun rahmat va keyungi yilda yangi ajoyib ishlarni kutib qolamiz! «Iste’dodlar kamalagi» jajji yulduzchalar hayotini yorqin ranglar va ilhom bilan yoritishda davom etsin!

Biz ham tavsiya qilamiz