Sifat nazoratiga alohida e'tibor
Enter Engineering kompaniyalar guruhi faoliyati ustuvor yo‘nalishlar qatoriga qurilishdan tortib sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishgacha bo‘lgan amalga oshirilayotgan barcha ishlarda yuqori sifat standartlarini saqlab qolish masalasi ham kiradi.
Bu yo‘nalishdagi faoliyatning yorqin namunasi sifatida Enter Steel mashinasozlik zavodi qisqa vaqt ichida ishlab chiqarishning xomashyo tanlashdan tortib, tayyor mahsulotni buyurtmachilarga topshirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarida sifat nazoratining yaxlit tizimi yaratganini keltirish mumkin.
Bunda Markaziy zavod laboratoriyasiga (MZL) asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Bu yerda zamonaviy nazorat-diagnostika uskunalari o‘rnatilib, yuqori malakali kadrlar mehnat qilmoqda. Bularning barchasi mahsulotlarning talab qilinadigan sifat mezonlariga mos kelishini tekshirish uchun o‘tkaziladigan tadqiqotlarning yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi.
Laboratoriya faoliyati samaradorligini oshirishning navbatdagi bosqichi O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 (ISO/IEC 17025:2017, IDT) (Davlat reyestri raqami O‘ZAK.SL.0349, amal qiliish muddati 01.05.2029 yilgacha)ga muvofiqlik bo‘yicha akkreditatsiya va sertifikatni olish bo‘ldi.
— Laboratoriyaning maqsadi ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yuqori darajada bo‘lishini ta’minlash orqali buyurtmachilar talabini qondirishdan iborat, — deydi Enter Steel mashinasozlik zavodi laboratoriya mudiri Javlon Mirhamidov. — Markaziy zavod laboratoriyasi zamonaviy sinov uskunalari, shuningdek malakali kadrlar bilan to‘liq ta’minlangan. Bu akkreditatsiya doirasiga muvofiq ishonchli va aniq natijalarni olish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda vizual o‘lchov sinovi, ultratovush nazorati, ultratovushli qalinlikni o‘lchash, kapillyar sinov, po‘latning statik cho‘zish (yorilishi) sinovi, po‘latning zarba va statik egilishi kabi sinovlar o‘tkazilmoqda. Buzmaydigan sinov usullari bilan shug‘ullanadigan xodimlarimiz 2-darajaga ega va ISO 9001:2015, ISO 14001:2015, ISO 45001:2018 standartlari bo‘yicha ishlashga imkon beruvchi maxsus o‘quv kurslarini tamomlagan holda barcha BN usullariga muvofiqlik sertifikatlarini olganlar.
Bundan tashqari, akkreditatsiyani olish uchun MZL xodimlari sinov laboratoriyalarida ISO/IEC 17025:2017 ga muvofiq qaror qabul qilish qoidalari, usullarning verifikatsiyasi va validatsiyasini hisobga olgan holda, o‘lchov noaniqligini hisoblash kurslarida, shuningdek ISO/IEC 17025:2017 ga muvofiq laboratoriyalar malakasini baholash bo‘yicha o‘qitildi.
— Sinovlar o‘tkazish bo‘yicha ISO/IEC 17025-2019 standarti talablariga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tish laboratoriyaning malakasi, xolisligi va barqaror ishlashiga yangi talablarni belgilab beradi, — deb tushuntirdi Javlon Mirhamidov. — U birinchi navbatda amalga oshirilayotgan tadqiqotlarga ishonchni mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan boʻlib, bu korxona uchun mahsulot sifatini yanada yaxshilash, shuningdek, Enter Steel kompaniyasining isteʼmolchilar oʻrtasidagi nufuzini oshirish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Laboratoriya jamoasiga yangi muvaffaqiyatlar va ijobiy kayfiyat tilab qolamiz!