Ishning faol bosqichi davom etmoqda

19.06.2024
Поделиться:

Enter Engineering va FNQIZ o‘rtasida imzolangan shartnoma doirasida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilish bo‘yicha faol ishlar davom etmoqda.

Loyihaning maqsadi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini yiliga 2 million tonna uglevodorod xomashyosini qayta ishlash va zamonaviy turdagi neft mahsulotlari ishlab chiqarishni ta’minlash uchun yangi ishlab chiqarish quvvatlari bilan jihozlashdan iborat.

Loyiha buyurtmachisi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, bosh pudratchi esa Enter Engineering Pte. Ltd. Obyekt maydoni: 475 gektar. Ishga 900 nafardan ortiq mutaxassis, 148 ta qurilish va maxsus texnika jalb etilgan.

Yaqinda kimyoviy tozalangan suv va bug‘ ishlab chiqarish zavodida qurilish-montaj ishlari yakunlandi. FNQIZning modernizatsiya qilingan qozonxonasi soatiga 225 tonna issiqlik quvvatiga ega o‘rta va yuqori bosimli bug‘ ishlab chiqarishga qodir uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy yuqori texnologiyali obyektdir. Asosiy yetkazib beruvchilar dunyo bozorlarida tan olingan «Macchi» (Italiya) va «Texnoximreagent» (Ukraina) kompaniyalari bo‘ldi.

Joriy yilning ikki choragi davomida loyiha bo‘yicha katta hajmdagi qazish, payvandlash va qurilish-montaj ishlari ham bajarildi. Bularga tayyorlash, mustahkamlash va betonlash, tuproqni qayta to‘kish, xandaqlarni to‘ldirish — 14 000 m3; temir-beton, metall konstruktsiyalar va quduqlarni montaj qilish — 7500 dona; sendvich-panellar va profnastillarni o‘rnatish, devorlarni, pollarni va bo‘linmalarni oq shuvash, mustahkamlangan devorlarni qo‘yib chiqish — taxminan 17 000 m2; rezervuarlarni o‘rnatish — 1170 tonna; havo kanallari va IVHK uskunalarini, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini montaj qilish va gidrosinovdan o‘tkazish, chiziqli va texnologik quvurlarni yotqizish va payvandlash, quvur tayanchlari va ZRAlar montaji — 5 ming donadan ortiq.

Bundan tashqari, IT-uskunalar va qurilmalarni o‘rnatish, kabellar, kabel lotoklar, NO‘AvaA qurilmalari (taxminan 1500 metr) va yong‘in signalizatsiya tizimlarini (700 metrdan ortiq) o‘rnatish va yotqizish ishlari amalga oshirildi.

Modernizatsiya qilingan FNQIZ ishga tushirilgach, zavod an’anaviy mahsulotlardan tashqari xalqaro talablar va sifat standartlariga javob beradigan yarim sintetik/sintetik motor, gidravlik, transmission va sanoat moylarini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Davomi bor…

Biz ham tavsiya qilamiz