Muhim ijtimoiy loyiha

28.06.2024
Поделиться:

Toshkent viloyatida «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyatining gaztransport tizimini modernizatsiya qilish loyihasi hal qiluvchi pallaga kirdi.

Loyihaning buyurtmachisi «Transgazinjiniring» MChJ, pudratchisi esa Enter Engineering Pte.Ltd. Ayni paytda 270 kishi va 100 dona texnika jalb qilingan Yangiyer — Oxangaron uchastkasida ishlar olib borilmoqda.

Gaztransport tizimlarini modernizatsiya qilish loyihasi 2021-yildan boshlab amalga oshirilmoqda. U Buxoro — Ural, Gazli — Nukus, 2-O‘OM, diametri 1020 mm bo‘lgan Gazli — Kogon, 1220 mm diametrli Gazli — Kogon, JBST, Yangiyer — Oxangaron magistral gaz quvurlarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilishni o‘z ichiga oladi. Yetti segmentdan oltitasi qurib bitkazildi, 371 kilometrli magistral yotqizildi, oxirgi Yangiyer — Oxangaron uchastkasini modernizatsiya qilish kuz-qish mavsumi boshlariga qadar yakunlanishi kerak.

— Quvur uzunligi 90 kilometr bo‘lib, shundan hozir 75 kilometri lineykaga payvandlangan, 20 kilometri qayta to‘lg‘azish bilan transheya yotqizilgan, gaz quvurining diametri 1220 mm, — deydi Payvandlash-montaj boshqarmasi menejeri Davronjon Adizov. — Bir kunda o‘rtacha 800 metr masofani bosib o‘tamiz — quvurni payvandlaymiz va izolyatsiyalaymiz, transheyaga yotqizamiz va qayta to‘ldiramiz. Vaqtinchalik mehnat shaharchalari har 30 kilometrda tashkil etilgan, ularning uchtasi xodimlar yashaydigan va barcha zarur materiallar bilan ta’minlangan marshrutda joylashgan.

Ayni paytda Bekobod tumanida gaz quvurini yotqizish ishlari davom etmoqda. Ish tezligi ko‘p jihatdan relyefga bog‘liq. Masalan, eng yirigi Angren daryosi boʻlgan, payma kengligi 500 metrgacha boʻlgan suv toʻsiqlarini yengib oʻtishda quruvchilar suv ustidagi quvurlarni oʻrnatish uchun qoʻshimcha tayanchlarni qo‘yishlari kerak bo‘lmoqda.

Loyihaning amalga oshirilishi gaz taqsimlash va hisobga olish tizimini tartibga solib, Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlari aholisini yanada barqaror ta’minlash imkonini beradi.

 

Biz ham tavsiya qilamiz