Yangi texnikani o'zlashtirishdi
Bugungi kunda Enter Engineering kompaniyalar guruhi loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ichki zaxiralardan, jumladan, kadrlar zaxirasidan foydalanish masalasi har qachongidan ham dolzarb bo‘lib turibdi.
Misni qayta ishlash zavodi (3-MBF) qurilishi ehtiyojlari uchun ishlayotgan haydovchilar va mexanizatorlar orasidan transport sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash kurslari tashkil etilgani bunday ishlarning yorqin misoli bo‘ldi.
Enter Engineering va EMS kompaniyasining 19 nafar xodimlari uchun 27-iyun ularning professional faoliyatida yangi boshlanish nuqtasiga aylandi. Ular maxsus malaka oshirish kurslarini tamomlab, 4-toifali avtokran mashinisti sertifikatlariga ega bo‘ldilar.
Bunday kurslarni tashkil etish kranchilarga bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘liq edi, chunki bugungi kunda ushbu turdagi maxsus texnika 3-MBFda keng qo‘llaniladi. O‘z imkoniyatlari — o‘quv bazasi, nazariy va amaliy ishlanmalardan foydalanish, eng muhimi, ishlayotgan xodimlar orasidan talabgorlarni tanlab olishga qaror qilindi.
«Buxoro, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi loyihalarda ishlayotgan samosvallar, yarim pritseplar, mikserlar haydovchilari — 40 nafar istovchilardan tanlab olish haqida eʼlon qilingandan soʻng, suhbat natijalariga koʻra 19 kishi tanlab olindi. Mashg‘ulotlar 3-MBF o‘quv markazida bo‘lib o‘tdi, unda tajribali o‘qituvchilar rahbarligida nomzodlar nazariy kursda qatnashib, o‘z bilimlarini amaliyotda mustahkamladilar. Dastur yakunida tegishli imtihondan o‘tib, uning natijalariga ko‘ra mexanik va gidravlik qo‘zg‘aluvchan yuk ko‘taruvchi avtokranlarni boshqarishga ruxsat oldilar», — deydi GPM boshlig‘i Qahramon Xalilovovich Abdiyev.
O‘quv jarayonida ishtirokchilar nafaqat texnika va u bilan ishlash usullarini o‘rgandilar, balki ular ishlayotgan obyektning o‘ziga xos xususiyatlari bilan ham yaqindan tanishdilar. Endilikda yangi ishga qabul qilingan kranchilar sinov muddatidan o‘tishlari kerak, biroq murabbiylarning ishonchi komilki, har bir kishi yangi jamoaga muvaffaqiyatli qo‘shiladi va belgilangan vazifalarni ado etadi.
«Yangi mutaxassislikni o‘rganish, ko‘nikma va imkoniyatlarimni kengaytirish niyatim tufayli qayta tayyorlashga bordim. Moliyaviy jihatdan ham yutuqqa ega bo‘lishimga umid qilaman — kranchining maoshi beton-nasos haydovchisinikidan ko‘p”, — deydi kurs bitiruvchisi Umidjon Matkarimov.
Ta’kidlash joizki, tashabbus davom ettirildi va 11 kishidan iborat ikkinchi guruh shakllantirildi, kelgusi tanlov ham rejalashtirilgan.