Avtotransport nazorat ostida: 1C:ATBni joriy qilish

15.08.2024
Поделиться:

EMSni o‘z ichiga olgan Enter Engineering kompaniyalar guruhi avtomobil va maxsus qurilish texnikasining katta parkiga ega yirik tashkiliy tuzilmadir. Zamonaviy dunyoda ilg‘or avtomatlashtirish va boshqarish tizimlarini joriy qilmasdan bunday parkni muvaffaqiyatli boshqarib bo‘lmaydi.

Doimiy o‘sish va vazifalarning murakkabligi ortib borayotgan sharoitda innovatsiyalar barcha jarayonlarning tezkorligi va samaradorligini ta’minlaydigan asosiy elementga aylanmoqda. Shu maqsadda «1C: Avtotransportni boshqarish» (1C:ATB) tizimi ishlab chiqildi va joriy etildi, u avtomobil parkini boshqarish va uskunalarni ta’mirlashni optimallashtirish imkonini beradi. Enter Engineering Biznes ilovalarni rivojlantirishni boshqarish departamentining tizimli tahlil boshlig‘i Vladimir Novolokov uning joriy etilishi haqida gapirib berdi:

«Tizim EMS ehtiyojlari uchun maxsus ishlab chiqilgan, ammo Enter Engineeringning boshqa loyihalarida ham faol foydalanilmoqda. Sinov amaliyoti 2022-yil iyun oyida boshlangan. Mutaxassislar tomonidan avtotransport vositalarini ta’mirlash va ehtiyot qismlar olish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yaratildi. Ta’mirlash zonalarini ulash bosqichma-bosqich amalga oshirildi va hozirda butun Kompaniyalar guruhida ularning o‘nga yaqini mavjud. 2023-yil aprel oyida 3-MBF ushbu ishlanma joriy etilgan birinchi maydon bo‘ldi. Ayni paytda loyihaga 2000 dan ortiq texnika biriktirilgan bo‘lib, uning ta’mirlash zonalari nafaqat o‘z avtomashinalariga, balki yaqin atrofdagi qurilish obyektlarining avtomashinalariga ham xizmat ko‘rsatadi. Bunday miqyos kundalik nazorat, aniq rejalashtirish va operativ hamkorlikni talab qiladi».

1C:ATB tizimi har bir transport vositasining harakati, ta’mirlanishi va moto-soatlarning to‘liq hisobini yuritish, shuningdek, jihozlarning joylashuvi, tashkiloti va mulkdori bo‘yicha hisobga olish imkonini beradi. U har xil turdagi hisobotlarni (ham boshqaruv, ham moliyaviy) o‘z ichiga oladi. Tizimning afzalliklari orasida mashinaning ishlamay qolish vaqtini kuzatish, ta’mirlash va ehtiyot qismlar uchun xarajatlarni muvofiqlashtirishni soddalashtirish, shuningdek, ustuvor vazifalarni aniqlashga yordam beradigan profilaktik ishlarning integratsiyalangan jadvali kiradi.

— Men EMS komplektatsiya bo‘limi bosh mutaxassisi bo‘lib ishlayman, — deydi Suxrob To‘rayev. — Tizimning funksional imkoniyatlari bilan tanishib, uning qulayligi va keng imkoniyatlarini yuqori baholadim. Endi bizda qanday ta’mirlash ishlari rejalashtirganini aniq tushunamiz va ularni tezroq muvofiqlashtiramiz. Agar avvallari bir kunda bir marta ehtiyot qismlar ro‘yxati yig‘ilib, imzoga topshirilsa, endi bu jarayon ancha tezlashdi. Men tizimni mahalliy miqyosda tatbiq etish va xodimlarni o‘qitish bilan shug‘ullanganman, biz buni dastlab o‘zimiz amalga oshirdik. Hozirda men o‘zimning asosiy vazifalarimga qaytdim, o‘quv funktsiyalari esa avtomatlashtirish departamentiga o‘tkazildi.

Mutaxassislar tizimning yanada rivojlanishini loyihalar bo‘yicha uskunaning ishlashini rejalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishda ko‘rmoqda. Hozirda tizim ma’lumotlar bazasi Kompaniyalar guruhining 89 ga yaqin obyektlarini qamrab olgan.

Biz ham tavsiya qilamiz