ULTRATEC departamenti

21.08.2024
Поделиться:

Yaqinda Enter Engineeringda ULTRATEC departamenti tuzildi, u ilgari mashinasozlik departamenti tarkibiga kirardi. Bo‘linmaning asosiy vazifasi kompaniya loyihalari ehtiyojlari uchun zarur ehtiyot va butlovchi qismlarni ishlab chiqarishdir.

Yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi xaridorgir mahsulotlarni mahalliylashtirish va xaridorlarga yetkazib berish muddatlarini tezlashtirish, tannarxni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Qismlarning o‘lchami va funktsional maqsadidan qat’i nazar, burg‘ulash qurilmasining katta qismi yoki kichik gayka bo‘lsin, ULTRATEC jamoasi buyurtmalarni tezda bajaradi, nafaqat department sexlari joylashgan 3-MBF loyihasida, balki kompaniyaning barcha boshqa loyihalarida ham mashina va uskunalarning ishlashini qo‘llab-quvvatlaydi.

— Departamentda 240 nafar muhandis-texnik ishchi (tokar, payvandchi, slesar) faoliyat yuritadi, — deydi departament boshlig‘i Baxriddin To‘rayev. — Biz istalgan qismni noldan yasay olamiz. Bu yerda tezlik muhim: qurilish kechayu kunduz davom etmoqda va har qanday kechikish jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Departament mutaxassislari ixtiyorida uchta: shar tegirmonlari, quyish va mexanik sexlar mavjud. Bu yerda eng soʻnggi jihozlar oʻrnatilgan: RDB dastgohlari, 3D skaner, 3D printer, plazmakesar. Bu nafaqat murakkab qismlarni yuqori aniqlikda ishlab chiqarish, balki mavjudlarini tiklash, xizmat muddatini uzaytirish imkonini beradi.

— Zamonaviy dastgohlar bilan ishlaymiz, — deydi departament ustasi Asqar Oripov. — Masalan, mavjud besh koordinatli RDB frezerli dastgoh bir necha tekislikda qayta ishlanishi kerak bo‘lgan murakkab qismlarni ishlab chiqarishga qodir. Bunday dastgoh kuniga flants turidagi 100 tagacha oddiy, bir xil qismlarni ishlab chiqaradi va uning uchun dasturlar bizning departamentning IT mutaxassislari tomonidan yoziladi. Ammo agar «qo‘pol kuch» kerak bo‘lsa, unda bizda har qanday turdagi mexanik ishlov berish: burg‘ulash, silliqlash, tishli kesish mumkin bo‘lgan yirik mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan 38 ta dastgoh mavjud. Oltita funktsiyani bajara oladigan dastgoh mavjud, uning yordami bilan biz katta mashinalarning dvigatellar yoki reduktorlarini ta’mirlaymiz. Metallni issiqlik bilan ishlov berish uchun biz 2000 daraja Selsiygacha bo‘lgan haroratda ishlaydigan tavlanadigan pechlardan foydalanamiz — bu jarayon metallning egiluvchanligini oshiradi va ish berish osonlashadi.

ULTRATEC nafaqat ishlab chiqarish darajasida, balki rivojlanish darajasida ham ishlaydi.

— Ehtiyot qismlar nuqsonlarni aniqlashdan o‘tkazilgach, loyihachilar ishga kirishadi, — deydi departament bosh konstruktori Umid Boboxonov jarayonning xususiyatlari bilan bo‘lishib. — Ular tegishli hujjatlarni ishlab chiqadilar, GOST bo‘yicha metallni tanlaydilar. Shuningdek, biz konstruktsiyani yaxshilashimiz yoki undan yuqori sifatlarga ega bo‘lgan metallni tanlashimiz mumkin, shu bilan qismning xizmat qilish muddati oshadi. Shuningdek, biz qismlarni ishlab chiqarishda mualliflik nazoratini ta’minlaymiz. 3D skaner va 3D printer yordamida esa keyingi ishlab chiqarish uchun qismlarning maketlari operativ tarzda yaratiladi.

Vazifalarning murakkabligidan qat’i nazar, ULTRATEC departamenti xodimlari Enter Engineering kompaniyasi qurilish loyihalarini muvaffaqiyatli yakunlash uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni taqdim etishga doimo tayyor!

 

Biz ham tavsiya qilamiz