Lady Run yugurish musobaqasi
Enter Engineering xodimlari hayotida sport har doim alohida o‘rin tutadi. Turli xil sport turlari orasida yengil atletika yugurish musobaqalari har safar ishtirokchilarning shaxsiy yutuqlari va imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishi bilan ajralib turadi.
24-mart kuni Milliy bog‘da Pro Run havaskorlar sport ligasi tomonidan Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan Lady Run yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Masofa go‘zal ko‘l atrofida bo‘lib, sayrga chiqqan shahar aholisi ishtirokchilarni iliq kutib oldi va qo‘llab-quvvatladi.
8 km masofaga yugurish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada ishtirokchilar orasida Enter Engineering kompaniyalar guruhining PR departamenti xodimi Zulfiya Kateyeva ham bo‘lib, yakunda sovrinli uchinchi o‘rinni egalladi.
— Tadbirni bahorning ajoyib bayrami bo‘lmish Navro‘z ayyomi bilan uyg‘unlashtirgani uchun tashkilotchilarga o‘z minnatdorligimni bildiraman, — deydi Zulfiya. — Men bir yildan kamroq vaqt davomida yugurish bilan shug‘ullanaman, shuning uchun mening natijam shohsupaga ko‘tarilish imkonini berganidan hayratda qoldim. Medallar ham ajoyib — o‘tgan yili ularda pushti tufli surati bor edi, bu yil ko‘plab qizlarning orzusi bo‘lgan mashhur brend dizaynini eslatuvchi zamonaviy sumka aks etgan.
Musobaqaning barcha g‘oliblari tashkilotchilardan nafaqat medal va diplomlar, balki original sovg‘alar — rassom Viktoriya Meshcherskayaning asarlarini ham oldilar, u ham masobaqada ishtirok etib, har bir kartinada o‘z dastxatini qoldirdi.
Zulfiyaga kelajakda har bir kilometr uni yangi marralar sari yaqinlashtirishini, marrani g‘alaba quvonchi bilan kutib olishini tilab qolamiz!