ZAAMIN ULTRA 2024» musobaqasi

11.06.2024
Поделиться:

Zomin milliy qo‘riqxonasining so‘lim maskanlarida O‘zbekistondagi eng yorqin sport tadbirlaridan biri — «ZAAMIN ULTRA 2024» an’anaviy ultramarafon bo‘lib o‘tdi.

Bu yerda to‘rtinchi bor o‘tkazilayotgan sport musobaqasi tashkilotchisi O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi bo‘ldi.

Poygalarda 20 ta davlatdan 2100 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi. Ular orasida Avstraliya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Qozog‘iston, Malayziya, Turkiya, AQSh, va boshqalardan vakillar bor edi.

«ZAAMIN ULTRA 2024» an’anaviy tarzda to‘rtta masofani o‘z ichiga oldi: 50 km, 21 km, 10 km va 2 km. Enter Engineering xodimlari barcha toifalar bo‘yicha qatnashishdi va yakunda yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishdi.

— Men birinchi marta bunday qiyin yo‘lda yugurushda qatnashishim edi. — dedi PR departamenti yetakchi mutaxassisi Zulfiya Kateyeva. — Uning o‘ziga xosligi shundaki, u dengiz sathidan 2200 metr balandlikda joylashgan. Bu oltita Toshkent teleminorasining balandligi! Shuning uchun men minimal masofani tanladim va o‘zim uchun kutilmaganda 2 km poygada ayollar o‘rtasida eng yaxshi natijaga erishdim. Shuningdek, ushbu toifada start olgan 670 nafar sportchi orasida umumjamoa hisobida 15-o‘rinni egalladim. Tashkilotchilar poyga g‘oliblarini taqdirlashmadi, chunki masofa qisqa deb hisoblanar ekan, lekin men uchun g‘alaba muhim bo‘ldi, chunki, birinchi navbatda, bu o‘z ustimdan g‘alaba edi!

3-MBF qurilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘limi supervayzeri Pavel Arzamastsev ham o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

«Ishtirokchilar nafaqat harakatlanayotganda Zomin cho‘qqilarining hayratlanarli manzaralarini doimiy ravishda suratga olish ishtiyoqi bilan, balki tog‘larda yugurishdagi tana reaktsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari bilan ham kurashishlari kerak edi. Pastga tushish va yuqoriga ko‘tarilishlar, past atmosfera bosimi va kislorodning past darajasi — bularning barchasi bilan bu balandlikdan start olish har qanday tayyorgarlik darajasidagi poygachilar uchun qiyin sinov bo‘lishi mumkin. Men bu yerda ilk bor ishtirok etdim va 10 km masofaga o‘tkazilgan poygada o‘z yosh toifamda birinchi o‘rinni egallab, barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tganimdan xursandman».

Musobaqada qatnashib, chinakam matonat ko‘rsatgan barcha hamkasblarimizni tabriklaymiz: yarim marafonchi Anna Banyukni uchinchi o‘rin, Timur Meiliyevni oltinchi o‘rin, Otabek Abdurafiqovni 30-o‘rin, 50 kilometrda ultramarafonchi Oleg Parsegovni ikkinchi o‘rin bilan samimiy qutlaymiz.

Sizga yangi cho‘qqilarga intilishda ilhom va har qanday qiyinchiliklarni yengish uchun kuch tilaymiz. G‘alabaga intilish bo‘lsa, imkonsiz narsa yo‘qligini eslatib turuvchi bu muvaffaqiyat barchaga o‘rnak bo‘lsin!

Biz ham tavsiya qilamiz