Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish davom etmoqda
Yangiyo‘l shahridagi Enter Steel mashinasozlik zavodida Enter Engineering kompaniyalar guruhi loyihalari ehtiyojlari uchun o‘chirish klapanlari, nasoslar va gardish (flants)lar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Bunday mashhur mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va muvofiqlashtirish Enter Engineering Texnologik jarayonlarni nazorat qilish departamenti tomonidan Enter Steel mutaxassislari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
«Bugungi kunda biz barcha turdagi o‘chirish nazorat klapanlarini (O‘NK), nasoslarni, shuningdek, pnevmatik va gidravlik privodlarni ta’mirlash, Du15 dan Du600 gacha bo‘lgan o‘lchamdagi klapanlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanamiz, yaqin kelajakda esa sharli klapanlar va nasoslarni ishlab chiqarishni boshlaymiz. Ushbu uskuna quvurlardagi ish muhiti oqimini ochish va yopish uchun mo‘ljallangan hamda suv ta’minoti va suvni haydash, neft, gaz, agressiv kimyoviy moddalar va quvurlardagi boshqa suyuqliklar oqimini boshqarish uchun keng qo‘llaniladi. Ushbu mahsulotlarga talab ancha yuqori va o‘tgan vaqt ichida biz 2000 dan ortiq O‘NKlarni ishlab chiqardik va ta’mirladik. Yaqinda bir necha turdagi (chuqur quduqli, konsolli, markazdan qochma, ko‘p seksiyali, chiqindi-massali) nasoslarni qayta tiklash ishlari boshlandi. Barcha tayyor mahsulotlar kompaniyalar guruhi loyihalariga — 3-MBF, BGQIZ, NBF, Gazli YGO, Samkimyomajmua, G‘arbiy Orol, YoQM, AGTKS va boshqalarga jo‘natildi», — deydi Texnologik jarayonlaini nazorat qilish departamenti texnolog-muhandisi Said Subxanovich Qurbonov.
O‘chirish armaturalarini ishlab chiqarish quyishdan tortib yig‘ish va sifatni tekshirishgacha bo‘lgan bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
«Birinchi bosqichda ish muhitiga qoʻyiladigan talablarga qarab materiallar tanlanadi, masalan, choʻyan, poʻlat, latun, zanglamaydigan poʻlat va boshqalar, shuningdek, eritilgan metall quyiladigan quyma qoliplar ham tayyorlanadi. Kerakli zagotovkalar quyilgan va sovutilgandan so‘ng, ortiqcha materiallar olib tashlanadi, kerakli shakl va o‘lchamlarni berish uchun silliqlash, obtochka qilish va boshqa operatsiyalar amalga oshiriladi. Konstruksiya va talablarga qarab, armatura qismlari qo‘shimcha mexanik ishlov berish, masalan, teshiklarni burg‘ulash, rezbani kesish va prokladkalarni o‘rnatish uchun sirtni tayyorlash mumkin. Keyin armaturaning barcha tarkibiy qismlari bitta mahsulotga yig‘iladi, keyinchalik uning texnik talablarga, germetiklik va funksionallikka muvofiqligi sinovdan o‘tkaziladi. Ana shu jarayonlardan so‘ng tayyor mahsulotlar qadoqlanib, buyurtmachilarga jo‘natiladi», — dedi Said Subxanovich Qurbonov.
Enter Steel mashinasozlik zavodining moddiy-texnik bazasi bizga ehtiyot qismlar, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha katta hajmdagi buyurtmalarni bajarish imkonini beradi. Biz hamkorlikni kengaytirishga tayyormiz.
Manfaatdor tashkilotlar uchun kontaktlar:
Tel: +(998)97 488-43-44, Kayumov Azamat Kamolovich, loyiha koordinatori.
Elektron pochta: group.dktp@ent-en.com