Quruvchilarga iliq tabriklar
Bugun butun O‘zbekiston bo‘ylab keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilmoqda. Minglab yangi binolar — sanoat korxonalari, turar-joy binolari, ijtimoiy soha obyektlari jadallik bilan qurilmoqda.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni»ni keng nishonlash tashabbusi har kuni eng ulug‘vor loyihalarni amalga oshirayotgan insonlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va ehtiromning beqiyos ifodasi bo‘ldi!
Bayram Enter Engineering kompaniyalar guruhining ko‘p ming nafarlik mehnatkashlari orasida ham katta ishtiyoq bilan nishonlanadi. Loyihalarda maxsus tadbirlar tashkil etish yaxshi an’anaga aylangan.
Misni boyitish fabrikasi (3-MBF) Enter Engineering kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan eng ulkan loyihalardan biridir. U mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega va uni amalga oshirish Olmaliq kon-metallurgiya kombinati quvvatini sezilarli darajada oshiradi. Bugun bu yerda umumiy qurilish-montaj ishlari avjiga chiqqan. Biroq, tig‘iz ish grafigiga qaramay, quruvchilar o‘sha kuni ko‘tarinki va chinakam bayramona kayfiyatda edi. Tantanali tadbirda fabrika qurilishida mehnat qilayotgan mutaxassislarga ko‘plab iliq so‘zlar aytildi, quruvchilarning yuksak kasbiy mahorati, insoniy fazilatlari ta’kidlandi. Eng yaxshilar esa faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Amalga oshirilayotgan loyihalarning yuksak ijtimoiy ahamiyati yaxshi tushunilgan hududlarda Enter Engineering faoliyati yuqori baholanadi. Navoiy viloyati Konimex tumani hokimligi tomonidan O‘rajon qishlog‘ida kompaniya xodimlari uchun kasb bayrami va Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir ham ana shunday e’tiborning yorqin namunasi bo‘ldi. Bu yerda ham quruvchi va bunyodkorlar sharafiga ezgu so‘zlar aytilib, faxriy yorliq va esdalik uchun sovg‘alar topshirildi. Bayram davomida ijro etilgan qo‘shiq va raqslar esa bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
Ishonch bilan aytish mumkinki, bugungi kunda bu kasbning nufuzi yangi sifat darajasiga ko‘tarildi va Enter Engineering kompaniyasining har bir xodimi ishonch bilan: «Men quruvchi ekanligimdan faxrlanaman!» deb ayta oladi.