«Bukhara Race Night» poygasi
24-avgust kuni Buxoroda «Samarkand Marathon» xayriya poygalari turkumiga kiruvchi xalqaro tungi poyga bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir joriy yilning eng mashhurlaridan biriga aylandi va 2500 dan ortiq ishtirokchilarni, jumladan Enter Engineering vakillarini jalb qildi. Ularning ishtiroki kompaniya kasaba uyushma qo‘mitasining ko‘magi tufayli amalga oshirildi.
— Xodimlarning salomatligi va g‘ayrati kompaniyani olg‘a siljituvchi kuchdir, — deydi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Bobur Kenjayev. — Shu bois xodimlarning kasbiy, mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoya qilish barobarida sport va sog‘lom turmush tarzini faol qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu yil biz yugurish musobaqalarida muntazam qatnashayotgan o‘n bir nafar eng faol sportchimizni taqdirlashga qaror qildik. Ular uchun 10 km masofa uchun slotlar sotib olindi, shuningdek, yo‘l va turar joy uchun to‘lovlar amalga oshirildi.
Poyga marshruti Buxoroning tarixiy qismidagi Ark qo‘rg‘onidan boshlanib, shaharning so‘lim ko‘chalaridan o‘tdi. Tashkilotchilar ishtirokchilarga qulayliklar yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratishdi: startda kiyim almashtirish xonalari va saqlash uchun shkaflar jihozlandi, poygadan jonli efir tashkil etildi, start oldidan ishtirokchilar mashq qilib olishdi, tibbiy yordam bilan ta’minlanishdi, trassada ularga suv va marra chizig‘ida issiq nonlar ulashildi. Tadbir so‘ngida xorijlik musiqachi «DJ Julio» ishtirokida tungi konsert bo‘lib o‘tdi.

— Men bu poygada ikkinchi yil ishtirok etyapman va menga Buxoroning tungi muhiti va aholisining mehmondoʻstligi juda yoqadi, — deydi Anna. — O‘tgan yili g‘alabaga biroz yetmagan bo‘lsam, bu safar raqiblarimni ortda qoldira oldim. Birinchi o‘rin — bu muntazam mashg‘ulotlar va, albatta, hamkasblarning qo‘llab-quvvatlashi natijasi.
Enter Engineering xodimlarini musobaqani muvaffaqiyatli yakunlaganlari bilan tabriklaymiz! Ular uchun bu nafaqat yugurish musobaqasi, balki xarakter sinovi, yorqin taassurotlar manbai va korporativ hamjihatlikning namoyon bo‘lishi edi.